Hozirgi o‘zbek adabiy tili fanidan nazorat savollari


Download 1.07 Mb.
bet17/18
Sana30.10.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1734963
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
HO\'AT YN 306

Kecha qizillar chiroyli o‘yin ko‘rsatdi, g‘alaba uchun qattiq kurashdi, ammo ularga omad kulib boqmadi.

Sintaktik tahlil.

  1. Gapni shakllantirishda morfologik omilning roli qanday?

Gapni so'z, so'z birikmasidan farqlovchi belgi uning maxsus morfologik ko'rsatkichi - kesimlik qo'shimchalari bilan shakllanganligi. Zero, eng «kichik» gap - morfologik shakllangan atov birligi. Misollar: O'qituvchiman. Ishladim. Bu «kichik» gaplar atov birligi ( o‘qiluvchi, ishla)dan mahrum etilsa, bu o'z holicha hech qanday qiymat kasb etmaydigan morfologik shakl — dim qoladi. Biroq mazkur gaplar morfologik shakldan ajratilsa, tilning boshqa sathi birliklari (so 'z , SB) dan farqlanmay qoladi. Demak, kesimlik shakli gapda asosiy sintaktik vazifa - kesimni shakllantirishga ixtisoslashgan shakl.
Kesimlik shaklining boshqa morfologik shakllardan farqi - uning bir
necha ichki kategoriyalarning qorishishidan hosil bo’ladigan murakkab
tabiatga egaligi. Aniqrog'i, kesimlik kategoriyasi kesim vazifasini birgalikda
qaror toptiruvchi - shaxs-son. zam on, tasdiq-inkor, mayl kategoriyalari
sintezidan iborat. O'qidim gapida kesim lik shakli maxsus ko'rsatkichlarga
ega bo‘lsa, Bu yer shahar gapida u nol shaklli. Zero, bu gapda ham III shaxs,
hozirgi zamon, tasdiq, aniqlik mayli ma’nolari anglashilib turibdi.
Morfologik shakldan faqat aloqa-munosabat (sintaktik) shakligina
sintaktik qurilishga daxldor, undan faqat kesimlik kategoriyasi gap
mohiyatiga tegishli. Chunki, odatda, kesimlik kategoriyasisiz gap
shakllanishi mumkin emas. Gap mohiyati «atov birligi+ kesimlik
qo'shimchalari» tarzida. Aloqa-munosabatning boshqa shakli (kelishik,
egalik) -esa gap tarkibidagi so'zlarni bog'lash uchungina xizmat qilib, SB mohiyatini tashkil etishda ishtirok etadi.

  1. Gapning kirish kengaytuvchilarini ta’riflang.

  2. Rais, Islom Jumayev so‘zga chiqdi.

  3. Otli va fe’lli birikmalarga misollar keltiring va ularni izohlang.

  4. Nutqiy gapning emotsionallikka ko‘ra turlari haqida gapiring.

  5. Uning tirnoq ostidan kir qidirishi davradagilarga xush kelmadi.

  6. Quyida berilgan gapni izohlang va gap tarkibidagi iboralarni qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelganligini izohlang. Uning tirnoq ostidan kir qidirishi davradagilarga xush kelmadi.

  7. Diktum nima? Modus-chi?

  8. Kecha qizillar chiroyli o‘yin ko‘rsatdi, g‘alaba uchun qattiq kurashdi, ammo ularga omad kulib boqmadi.

  9. Qo‘shma gap tarkibidagi bog‘lovchi vositalariga ko‘ra turlari haqida gapiring.

  10. SB tarkibida qaysi bo‘lak hamisha kengaytiruvchi sanaladi?

  11. U soyda, qo‘sh yong‘oqning tagida, qorga ko‘milib uzoq turdi.

  12. Qo‘shma gapning qurulishiga ko‘ra turlarini izohlang.

  13. [WPm-WPm] qolipli qo‘shma gaplarga misollar keltiring.

Wpm- Wpm qolipidagi qo'shma gaplarga misollar.
1)Suv keldi - cho'llarda hayot boshlandi.
2)Ruboiyni ichida o'qidi,yuzini tabassum qopladi.
3)Odamlar aybini ko'rma,o'z aybingni ko'r.
4)Orzuyim shu: ota-onamni jannatlarda yetaklovchi farzand bo'lish.
5)Hamal keldi - amal keldi.
6)Ichida qanaqa o'y bor --mana bu menga sir.
7)Kuz keldi,yig'im terim ishlari boshlandi.
8)Hamma ishlaringizda to'g'ri bo'ling,hech qachon birovning omonatiga xiyonat qilmang.
9)Eshakni yaydoq minib bo'lmaydi - yiqiladi kishi.
10)Tinmay o'zingni boshqalar bilan solishtiryapsan,siqilyapsan,nega?

  1. Frazemalar orasidagi semantik munosabatlar haqida ma’lumot bering.

Frazeologizm ikki yoqlama lisoniy birlik bb,shakl va mazmunning dialektik birligidan iborat.Frazeologizmning shakliy tomonini leksema(so'z)tashkil etadi.
Odatda,frazeologizmning ma'nosi bitta leksemaga teng deyiladi.Biroq hech qachon ular teng emas.Agar teng bo'lganda,frazeologizm ortqicha bo'lib qolgan bo'lar edi.Frazeologizmlar ma'nosi to'la va qisman ko'chma ma'noda ishlatilishi natijasida yuzaga keladi.Masalan,birovning fikrini bo'lishga urinish harakati uning quynini titkilab nimasi borligini aniqlash harakatiga o'xshaydi.Natijada, "qo'yniga qo'l solmoq" erkin biriklmasi iboraga aylangan.
Leksikada bo'lgani kabi frazeologiyada ham leksik semantik ma'no mavjud.Faqat frazema (ibora)ning leksika(so'z)dan farqi ko'chma ma'noda ega ekanligi va yaxlit holda anglashilishida.

  1. Gap kengaytuvchilar haqida ma’lumot bering.

Gap kengaytiruvchilari va so'z kengaytiruvchilaring farqi orqali tushuntiraman.
Oddiy bitta kesimdan iborat gapni olaylik ya'ni sodda yig'iq gap,masalan "keldi'' endi bu gapni so'zlar orqali kengaytiramiz:
U keldi.
U kecha keldi.
U kecha biznikiga keldi
U kecha biznikiga mashinada keldi .
Ushbu birgina "keldi" fe'lidan iborat gap hold to'ldiruvchi yordamida kenggayishi va to'ldiruvchi va holning fe'lga bevosita bog'lanishiga gap kengaytiruvchisi deyiladi.

Endi "U kecha kelganda men uyda emas edim".


Bunda "U kecha kelganda" fe'lga bilvosota bog'langani uchun bu so'z kengaytiruvchisi deyiladi.

  1. Formal va substansial sintaksisning farqini tushuntiring.

  2. Kiritmalar qatnashgan nmisollar tuzing va ularni izohlang.

Kiritmalar so'zlovchining fikriga nisbatan,ishonch,gumon,achinish,tasdiq, xulosa va so'z tartibini beradi.

Ishonch munosabati: albatta,shaksiz,shubhasiz,so'zsiz,


Gumon munosabati: balki, ehtimol, chamasi, aftidan, shekilli, tahinimcha, mumkin


Achinish:attang,esiz,afsuski
Tasdiq:darhaqiqat,haqiqatan,rostan,ha,mayli (Yo'q)
Fikrning kimga tegishli ekanligi ma'nosida keluvchi:menimcha,fikrimcha,fikri ojizimcha,aytishlaricha,uning aytishicha
Bayon qilingan fikrning tartibi:avvalo,birinchidan,ikkinchidan,
Shuningdek,demak,shunday qilib,umuman,aksincha,ba'zan,aka holda,xullas,shuningdek,ayniqsa,asosan,
binobarin,xususan.

  1. Uyushiq gaplarni ta’riflang va misollar keltiring.

Uyushgan gap--bitta umumiy kesimlik shakliga ega (Pm) va unga bog'langan birdan ortiq (W) kesimlarga aytiladi.
Masalan,U bir vaqtning o'zida o'qotuvchining ma'ruzasini tinglar va ko'chadagi manzaraga termular edi.
Qolipi:(E1-W1) va (E2 -W2)Pm.
Misollar,Saodat Jim qolgan,ko'nglida g'azab yonar edi.
2)Uyg'onganda suyaklari zirqirar, u o'zini lanj his qilardi.
3)U osmonga uzoq termular,qilgan ishlari ko'z o'ngidan bir bir o'tardi.

  1. Hosilaning xususiyatlari haqida gapiring.




  1. Birinchidan kitob saviyangizni oshiradi, ikkinchidan kitob mutolaa qilib so‘z boyligingizni ham kengaytirasiz.

  2. Gap undalma bilan kengayishi mumkinmi?

Gap undalma bilan kengayishi mumkin.Undalma gap tarkibida II shaxs kishilik olmoshi bo'lgan so'zshakl ma'nosini muayyanlashtiruvchi unsur bo'lib,u mantiqan so'z kengaytiruvchisi maqomida bo'ladi.Biroq u kengayayotgan so'z bilan kelganda,grammatik aloqaga ega emas.Undalma,mazmunan bog'langan so'zshakl nutq qaratilgan narsa va predmetni ifodalaydi.
Endi dehqonchasiga tushuntiramiz.
Gap mantiqan olganda,undalma bilan kengayadi,albatta(ya'ni undalma,fikrning kimga qaratilganligini ochiqlab beradi va gap bilan grammatik aloqaga kirishmasa-da,o'sha gapga daxldor).Lekin undalma,o'zi bog'langan so'z bilan grammatik aloqaga kirishmagani sababidan sintaktik tahlil jarayonida etibordan chetda qoldiriladi.

  1. Tobe valentlik haqida gapiring.


  2. Download 1.07 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling