Hozirgi o‘zbek adabiy tili fanidan nazorat savollari
Download 1.07 Mb.
|
HO\'AT YN 306
Biz ishonamiz – ko‘nglimiz to‘q.
Sintaktik birliklarni sanang va tavsiflang. sosiy sintaktik birliklar. So‟z birikmasi va gap sintaksisning asosiy birliklaridir. Shunga ko‟ra, sintaksis uchga bo‟linadi; so‟z shakli sintaksisi: so‟z birikmasi sintaksisi; gap sintaksisi; So‟zlarning nutqda o‟zaro aloqaga kirishuvidan so‟z qo‟shilmalari vujudga keladi. So‟z qo‟shilmalarini ikki guruhga birlashtirish mumkin: gap (osmon tip-tiniq); so‟z birikmasi (tip-tiniq osmon); Til jamiyatda aloqa qilish, axborot uzatish vositasi hisoblanadi. Axborot uzatish esa gap orqali amalga oshiriladi. Demak, gap fikr ifodalaydi. So‟z birikmasi fikr emas, balki so‟z kabi tushuncha ifodalaydi. (Biroq so‟z birikmasi ifodalagan tushuncha so‟z ifodalagan tushunchadan farqlanadi.) Ko‟rinadiki, sintaksisning bosh birligi gap bo‟lib, so‟z birikmasi so‟z kabi bevosita yoki bilvosita uning tashkil etuvchisidir. Sintaktik birliklar – gap va so‟z birikmalari – so‟zlarning qo‟shilishidan hosil bo‟lishi, bu qo‟shilishning esa turli vosita (qo‟shimchalar, yordamchi so‟zlar) va usul (masalan, tobe aloqaning turlari) lar orqali yuzaga kelishi sintaksisning boshqa sathlar bilan zich aloqada ekanligini ko‟rsatadi. Demak, nutqda: 1.So‟z boshqa so‟z bilan tobe yoki hokim mavqeda bog‟lanadi. Buning uchun u ma„lum bir grammatik shaklga ega bo‟ladi (uyga bormoq, a„lochi o‟quvchi). Grammatik shakllangan so‟z sintaksisi so‟z shakl sintaksisi deb yuritiladi. 2.So‟zlar o‟zaro sintaktik bog‟lanib, tushuncha ifodalovchi birlik - so‟z birikmasi vujudga keladi. So‟zlarning o‟zaro birikib tushuncha ifodalovchi qo‟llab bo‟lmaydi. Biroq, unga zich mazmuniy munosabatda bo‟lganligini inobatga olib ularni bo‟lak, gap bo‟lagi, gap kengaytiruvchisi deyish mumkin. Demak, kirish kengaytiruvchilar so‟z va gap kengaytiruvchilari oralig‟idagi «oraliq uchini» bo‟lganligi bois ularni gapning konstruktiv bo‟lmagan bo‟lagi atamasi bilan nomlash mumkin. Atamaning konstruktiv bo‟lmagan degan qismi hodisaning so‟z kengaytiruvchilari sifatiga egaligini ko‟rsatsa, bo‟lak uzvi gap kengaytiruvchilar sirasiga daxldorligini bildiradi. Kirish kengaytiruvchilar so‟z, birikma va gap ko‟rinishlarida bo‟lishi mumkin. 1.Farg‟onada, balki, balqarsan.(A.O.) 2.Tabibning ta„biricha, shohning sog‟ayishi uchun uch narsa zarur ekan. (Ertakdan.) 3.Men sizga aytsam, bir kunda uch mahal shaharga qatnashning o‟zi bo‟lmaydi.(Samar Nuriy.) Shu sababli kirish kengaytiruvchilar kirish so‟z, kirish birikma, kirish gap kabi turlarga bo‟lib o‟rganiladi. Aslida barcha kirish kengaytiruvchilar nominativ birliklardir. Garchi ularning ayrim ko‟rinishlari gap xarakterida bo‟lsa-da, ularni tom ma„nodagi gap deb bo‟lmaydi. Masalan, yuqorida keltirilgan, men sizga aytsam qurilmasi mazkur gap tarkibida shaklan gap ko‟rinishida bo‟lsa-da, uning zimmasiga fikr ifodalash, axborat uzatish vazifasi yuklatilmagan. Unda Pm shakli mavjud bo‟lsa-da, unda tegishli ma„nolar voqelanishi o‟ta kuchsizlangan. Shu boisdan undagi Pm shakllari va unga mos gap kengaytiruvchilari o‟zgartirib ko‟rilsa, uning kirishlik mohiyati butunlay yo‟qoladi. Kirish kengaytiruvchilarning umumiy va o‟zlariga xos xususiyatlari quyidagilar: Kirish gap tarkibiga muayyan denotativ ma„nolari bilan kirmaydi. Masalan, yuqorida keltirilgan Men sizga aytsam kirish gapidagi so‟zlarda harakat, harakatni bajaruvchi shaxs, ob„ekt kabi ma„nolar ifodalanmagan. Unda bir butun holda «ishontirish» modal ma„nosi mavjud. Grammatik shakllanganlik nuqtai nazaridan kirishlar rang-barangdir. Unda tuslangan fe„llar ham (aytsam), tuslanmagan fe„llar ham (shunday qilib), otlar ham (chamasi), olmoshlar ham (meningcha) kirish vazifasida keladi. Ammo ular, aytilganidek, ba„zan qisman, ba„zan butunlay o‟z lug‟aviy ma„nosini yo‟qotib, paradigmasidan vaqtincha uzilgan bo‟ladi. Kirish kengaytiruvchilarning barchasi o‟ziga xos yagona «so‟zlovchining o‟z fikriga munosabatini bildirish» umumiy ma„nosi ostida birlashadi. Kirish kengaytiruvchilarning gapdagi o‟rni qat„iy emas. Bu belgilarning barchasi kirish kengaytiruvchilarni o‟ziga xosug‟aviy-sintik guruhni tashkil etadi. Kirish kengaytiruvchilar gapda quyidagi ma„nolarni ifodalaydi. Ta„kidlash, tinglovchining diqqatini bayon qilinayotgan fikrga tortish. takrorlayman, muhimi, ishonsangiz, masalan, misol uchun, ta„kidlayman, aytish kerakki. Sub„ektiv munosabat, his-tuyg‟ularni ifodalash. baxtimizga, baxtga qarshi, uylayman, umid qilaman, o‟ylaymanki, shubhasiz, ehtimol, shu ma„noda, qaysidir ma„noda, afsuski, attang, essiz. Fikrni bayon qilish usuliga munosabat: to‟g‟risini aytganda, bir so‟z birlik hosil qilish qonuniyatlarini o‟rganish so‟z birikmasi sintaksisining vazifasidir. 3.So‟zlar o‟zaro bog‟lanib, fikr ifodalashga ixtisoslashgan nutqiy birlik - gapni shakllantiradi. Gap hosil qilish qonuniyatlari bilan gap sintaksisi mashg‟ul bo‟ladi. Uyushgan gap haqida ma’lumot bering va misollar keltiring. uyushgan gap: [((E,-W2)-(E2-W2)) Pm]. Uyushgan gapga misol: 1. Otam rais, onam brigadir bo'lgan edi. 2. Do ‘kondor lar ning ba ’zilari kitob о ‘qib, ba ’zi/ari tasbeh о ‘girib, ba ’zilari esnab o'tirishardi. 3. Uning qo ‘llari ishda, ko'zi shudgorda, ammo xayoli Zebixonda edi. 4. Chakkasi tirishib, ко ‘zi qizarib ketdi. Uyushgan gapdagi umumiy bo‘lak Pm ni har bir shakllanmagan Wga alohida-alohida qo‘shish bilan osongina qo‘shma gap hosil qilish mumkin: Qiyoslang: Chakkasi tirishib, ko'zi qizarib ketdi - uyushgan gap. Chakkasi tirishib ketdi va ко ‘zi qizarib ketdi - qo‘shma gap. Ayrim holda uyushgan gapda ham [Pm] nol shaklda bo‘lishi mumkin: U baroqqosh, ко ‘zi chaqchaygan, afti ishshaygan. Gap mazmunidan nol shakl oxirgi so‘zda ekanligi sezilib turibdi. Bunga gapni o‘tgan zamonga aylantirish bilan amin boMish mumkin: Ubaroqqosh, ko'zi chaqchaygan, afti burishgan edi. Uyushgan gaplar tarkibidagi sodda gap laming o'zaro umumiyligi (va, shu asosda, umumlashtiruvchi boMagi) turli xil bo‘ladi: 1) hamma qismlari xususiy (farqli) bo‘lib, faqat [Pm] qismi umumiy bo‘lgan uyushgan gap: Jamshidyozar, Isroil о 'qir edi; 2) hamma qismlari xususiy bodib, faqat kesimning iug‘aviy qismi va kesimlik qo‘shimchasi umumiy boMgan uyushgan gap: Jamshid tez, Isroil sekin yozar edi; 3) [WPm] va uning kengaytiruvchi boMaklari umumiy bo‘lib, faqat ega va [WPm] kengaytiruvchisining kengaytiruvchisi bilan farqlanuvchi uyushgan gap: Jamshid oq, Isroil qizil gul oldi. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling