QO‘SHMA GAP
194. Qaysi juftliklarning har ikkalasi qo‘shma gap sanaladi?
A) Mingboshi yaxshi biladiki, Miryoqubdan boshqa chin ko‘ngildan kuyadigan odam yo‘q. Mingboshi Miryoqubdan boshqa chin ko‘ngildan kuyadigan odam yo‘qligini yaxshi biladi. B) Azimboy shunday zulm o‘tkazdiki, oqibatda xalqning sabr kosasi to‘ldi. Azimboy xalqning sabr kosasini to‘ldiradigan zulm o‘tkazdi. C) Sinf rahbarimiz ishonardiki, bizning guruh musobaqalarda g‘olib chiqadi. Sinf rahbarimiz bizning guruhimizning musobaqalarda g‘olib chiqishiga ishonadilar. D) U shunday yalinib gapirdiki, ra’yini qaytarishning sira iloji qolmagan edi. U yalinib gapirdi, shuning uchun ra’yini qaytarishning sira iloji qolmadi.
195. Bog‘langan qo‘shma gap berilgan qatorni toping.
A) Og‘ir eshik unsiz ochildi-da, qop-qorong‘i zalga nur yopirilib kirdi. B) Keyin bir lahza ko‘zlarini yumdi-da, yuziga kaftini bosdi. C) Zuhra oynavand eshikni ochdi-da, ichkariga kirib ketdi. D) U g‘azab bilan baqirdi-da, mashinasini keskin burdi.
196. Biriktiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap berilgan qatorni toping.
A) Lolalar uchun oftob yaxshidir, Bolalar uchun odob yaxshidir. B) Ko‘m-ko‘k tog‘li yaylovlarda o‘tov oqarib, er-u ko‘kni podalarning shovqin-suroni tutdi. C) O‘ziga berilgan aqlsiz tentak bo‘lsa, o‘zini bezagan xushro‘y satangdir. D) Chor atrofda esardi ellar, Va bog‘larda qushlar chiyillar.
197. Zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap berilgan javobni toping.
A) Boshqalarni bilmayman-u, suyak sho‘rva Kulala ikkovimizga zo‘rlik qildi. B) Sen berahm bo‘lsang ham, ammo Men dushmanlik qilmasman aslo. C) Har qanday qonunga ham chap berish mumkin, lekin uyatga chap berib bo‘lmaydi, chunki qonun odamdan tashqarida, uyat esa odamning ko‘ksida bo‘ladi. D) Hozirgi zamonda sichqon tutmaydigan mushuk ham odamning ko‘ziga xunuk ko‘rinadi.
198. Biriktiruv bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplar o‘rtasida qanday munosabat ifodalanadi?
A) payt munosabati B) Gap mazmuniga ko‘ra turli munosabat ifodalanishi mumkin. B) zidlik munosabati C) sabab yoki natija munosabati
Do'stlaringiz bilan baham: |