17. Qaysi qatorda o‘zga gap shakli o‘zgartirilib, mazmuni berilgan?
A) Bobur navkarga ellik qadamcha nariga borishni buyurdi.
B) «Insonning mohiyati uning xohishlarida aks etadi», - dedi Abdulaziz. C) «Bilim yodlash bilan emas, fikrlash bilan orttirilgandagina haqiqiy bilimdir», – deb yozgan edi buyuk L.N.Tolstoy. D) «Bolalarni fanga qiziqtirish uchun aqlni ishlata bilish kerak», - dedi Muzaffar kulimsirab.
18. O‘zlashtirma gap kesimining ifodalanishi qaysi javobda noto‘g‘ri?
A) aytmoq fe’li bilan B) gapirmoq fe’li bilan
C) demoq fe’li bilan D) buyurmoq fe’li bilan
19. Qaysi misol o‘zlashtirma gap?
A) Tabassum yaxshilikning belgisidir. B) Deydilarki, oyda ham dog‘ bor. C) «Kitob aqlning kaliti», - dedi bobom. D) Sinf rahbarimiz maqtanchoq bo‘lmaslikni uqtirdi.
20. O‘zlashtirma gap berilgan qatorni toping.
A) Mahbuba Ozodaxonga o‘zaro izzat-hurmatsiz do‘stlik bo‘lmasligini aytdi. B) O‘qituvchi o‘quvchilardan uy vazifasini so‘radi. C) Sobirjon bizdan ta’tilda qaerga borishimizni so‘radi. D) A va C
21. O‘zga gap (o‘zgalar nutqi) qaysi javobda aks etgan?
A) Safardan qaytgan kishi o‘z taassurotlarini gapirib berdi. B) Har kim har xil dori-darmon aytdi. C) Kimdir uning yolg‘on ovchi ekanini aytdi. D) Kenja uning ustidan muharrirga arz qildi.
22. O‘zlashtirma gap qaysi qatorda berilgan?
A) O‘zining qanday qarorga kelganini aytib berdi. B) Safarov ertaga bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar to‘g‘risida gapirdi. C) Rahmonqulov mashinani orqaga qaytarishni buyurdi. D) Bu orada Hasanali boshdan-oyoq hikoyasini so‘zlab chiqdi.
23. Qaysi qatordagi gap o‘zlashtirma gap?
A) Zaynab egachisi Xushro‘ydan etti yosh chamasi kichik edi. B) Xushro‘y uzun bo‘yli, qotmaroq qiz edi. C) Ma’lum bo‘ldiki, rais qishloqqa jo‘nabdi. D) O‘qituvchimiz maqtanchoq bo‘lmaslikni, boshqalarni hurmat qilishni uqtirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |