Hozirgi o’zbek adabiy tili (Sintksis) fanidan YaB uchun test


Ko‘chirma gap bilan muallif gapining o‘rni qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?


Download 143.09 Kb.
bet33/49
Sana02.06.2024
Hajmi143.09 Kb.
#1838901
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   49
Bog'liq
Hozirgi o’zbek adabiy tili (Sintksis) fanidan YaB uchun test.-fayllar.org

2. Ko‘chirma gap bilan muallif gapining o‘rni qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) Ko‘chirma gap faqat muallif gapidan oldin keladi. B) Ko‘chirma gap faqat muallif gapidan keyin keladi. C) Muallif gapi faqat ko‘chirma gap orasida keladi. D) Ko‘chirma gap muallif gapidan oldin, keyin yoki uning ichida, muallif gapi esa ko‘chirma gap orasida kelishi mumkin.
3. Ko‘chirma gaplar nisbatan qaysi uslublarda ko‘proq qo‘llanadi?
A) so‘zlashuv va badiiy uslubda B) ommabop va so‘zlashuv uslubida C) ilmiy va badiiy uslubda D) so‘zlashuv, rasmiy va badiiy uslubda
4. - Anavi erda, - u Sherzodning qo‘lidagi xatga imo qildi, - to‘g‘ri yozishibdi. Ushbu gap qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?
A) ko‘chirma gap B) sodda yoyiq gap
C) kirish gapli gap D) qo‘shma gap
5. Ko‘chirma gap bilan birga qo‘llanadigan muallif gapi kesimining ifodalanishi haqida bildirilgan qaysi fikr to‘g‘ri?
A) faqat demoq fe’li bilan B) faqat so‘zlamoq fe’li bilan C) faqat gapirmoq fe’li bilan D) demoq, aytmoq, so‘zlamoq, gapirmoq kabi fe’llar bilan
6. Muallif gapi kesimining qaysi fe’llar bilan ifodalanishi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
A) dedi, ko‘rdi, yog‘di, ko‘kardi; B) so‘radi, ishondi, chiqdi, chiqdi, ketdi; C) uyg‘ondi, yuvindi, tarandi, gapirdi; D) aytdi, gapirdi, so‘zladi, buyurdi;
7. Qaysi qatordagi ko‘chirma va muallif gaplarida tinish belgilari noto‘g‘ri ishlatilgan?
A) G‘ofir: «Jamila, tur o‘rningdan», - dedi. B) G‘ofir dedi: «Jamila, tur o‘rningdan». C) «Jamila, - dedi G‘ofir, - tur o‘rningdan». D) Barcha javoblarda tinish belgilari to‘g‘ri ishlatilgan.
8.- Chumchuqdan qo‘rqqan tariq ekmaydi,- dedi Xalil ota odatdagicha kulimsirab. Ushbu misolda nega ko‘chirma gapdan keyin vergul va tire qo‘yilgan?
A) ko‘chirma gap darak gap bo‘lgani uchun B) ko‘chirma gap so‘roq gap bo‘lgani uchun C) ko‘chirma gap his-hayajon gap bo‘lgani uchun D) ko‘chirma gap muallif (avtor) gapidan oldin kelgani uchun

Download 143.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling