211. Qaysi qatordagi gapda –u, -yu yuklamasi zidlov bog‘lovchisi vazifasida kelgan?
A) Siz ham “ish, ish” deb, umringizni san’atga baxshida qilganingizda nima bo‘ldingiz-u, Nigora nima bo‘ldi? B) Qiziq, odamning umri shuncha qisqa-yu, tipirchilashi olamni tutadi. C) Havoni quyuq tuman bosdi-yu, hech narsa ko‘rinmadi. D) Kun kelar-u, sendan meni Begona qilar bu she’r.
212. Ergashgan qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarning yordamchilarsiz birikishiga qaysi qatorda misol berilgan?
A) Tashqaridan kelgan oyoq tovushi bahona bo‘ldi-da, Aziza o‘rnidan turdi. B) Yomg‘ir ko‘p yog‘di, ko‘katlar gurkirab o‘sdi. C) Kasalning kelishi oson, ketishi ancha qiyin. D) Yaxshida gina bo‘lmas, yomon gina ketmas.
213. Omborchi - erkak, ferma mudiri – erkak, do‘kon mudiri – erkak. Yuqoridagi gap tuzilishiga ko‘ra qanday gap sanaladi?
A) sodda yoyiq gap B) bog‘langan qo‘shma gap C) ega ergash gapli qo‘shma gap D) bog‘lovchisiz qo‘shma gap
214. Bog‘lovchisiz bog‘langan qo‘shma gap qaysi qatorda berilgan?
A) Hijron shunday og‘ir yukki, uni hamma ham ko‘tara olmaydi, visol shunday shirin sharbatki, hech kim uni oxirigacha ichishga muvaffaq bo‘lmaydi. B) Ilm boshqalarga o‘rgatish uchungina qo‘lga kiritilsa, odam undan biron foyda ko‘rmasa, u suvidan hamma foydalanadigan, lekin undan o‘zi bebahra buloqqa o‘xshaydi. C) Baxt topilmas hech zamonda, el qul bo‘lsa, bo‘lsa yalang‘och, Jannatlarni yaratgan odam, Natijada o‘zi qolsa och. D) Tashqarida chaqmoq yaltirar, momaqaldiroq borliqni larzaga keltirar, bahor yomg‘iri salobatli shovullardi.
215. Botirlari kanal qazadi, Shoirlari g‘azal yozadi. Gapning turini toping.
A) ergash gapli qo‘shma gapning bog‘lovchisiz turi B) bog‘langan qo‘shma gapning bog‘lovchisiz turi C) yoyiq sodda gap D) murakkablashgan sodda gap.
23. Yordamchilarsiz bog‘langan qo‘shma gap qaysi qatorda berilgan?
A) Ulug‘ odam o‘z zamonasidan o‘tib ketadi, aqlli odam esa har qanday sharoitda ham zamonasi bilan qadam-baqadam boradi, ayyor undan foydalanib qolishga urinadi, tentak zamona yo‘liga to‘g‘anoq bo‘ladi. B) Baxt topilmas hech bir zamonda, El qul bo‘lsa, bo‘lsa yalang‘och, Jannatlarni yaratgan odam Natijada o‘zi qolsa och. C) Ilm boshqalarga o‘rgatish uchungina qo‘lga kiritilsa, odam undan biron foyda ko‘rmasa, u suvidan hamma foydalanadigan, lekin undan o‘zi bebahra bo‘lgan buloqqa o‘xshaydi. D) Hijron shunday og‘ir yukki, uni hamma ham ko‘tara olmaydi, visol shunday shirin sharbatki, hech kim uni oxirigacha ichishga muvaffaq bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |