24. Qaysi qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar o‘zaro faqat mazmun va tobelik ohangi bilan birikkan?
A) Safarov qo‘liga endi piyolani olgan edi, Shodiev gap boshladi. B) Vaqting ketdi - baxting ketdi. C) Bag‘rida nur borki, qarimas quyosh. D) Bular ketmoqchi bo‘lib qo‘zg‘algan paytda, O‘rmonjon kirib keldi.
25. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap berilgan qatorni aniqlang.
A) Mehnat qilmasang, rohat yo‘q. B) Chang chiqsin uchun, derazalarni ochdi. C) Xizmatkor undan haq talab qilganda, u biror bahona topadi. D) Orzigul darvozadan ichkariga kirdi, darvoza o‘z-o‘zidan bekildi.
26. Ohang vositasida bog‘langan qo‘shma gaplarning qaysi birida shuning uchun bog‘lovchilarini qo‘llash mumkin?
A) Jismimiz yo‘qolur o‘chmas nomimiz. B) Qishloq obod, mening ko‘nglim shod. C) Shaharlar boqiydir, umr o‘tkinchi, daryolar sobitdir, suvlar ko‘chkinchi. D) Shamol orqadan esardi, unga qarab borishim uncha qiyin emas edi.
27. Ergash gapli qo‘shma gapni aniqlang.
A) Bir xil talantga ega bo‘lgan ikki odam bir xildagi sharoitda ikki olam bo‘lib qolishi mumkin. B) Xalqqa yaxshilikni o‘rgatib, o‘zini unutgan olim o‘zini yondirib, xalqqa yorug‘lik bergan shamga o‘xshaydi. C) Detal pardoz emas, husn bo‘lib asarni ochishi kerak. D) Tirik, ya’ni yurakdan chiqqan jo‘shqin nutq o‘likni tiriltirsa, o‘lik, ya’ni yurakdan chiqmagan sovuq nutq, darhaqiqat, o‘likka ham ozor etkazadi.
28. Yaxshilab ta’zirini berish kerak, toki boshqalarga namuna bo‘lsin. Ushbu gapda ergash gap bosh gapga qanday vosita yordamida bog‘langan?
A) ergashtiruvchi bog‘lovchilar orqali B) –sin qo‘shimchasi orqali C) ohang va shaxs-son qo‘shimchalari orqali D) toki yordamchi so‘zi orqali
29. Qaysi qatorda qo‘shma gap bor?
A) Ayting – kirishsin. B) Biz, sinf rahbarimiz aytdi, ertaga sayohatga boramiz. C) Kishilar mehnatni qadrlaydilar, ulug‘laydilar. D) Dasturxonni yozib, nonlarni ushatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |