24. Qaysi uslub turida tilning tasviriy-ta’siriy vositalari yordami bilan obrazlar vositasida kishiga estetik ta’sir ko‘rsatiladi?
A) publitsistik uslubda B) badiiy uslubda
C) ilmiy uslubda D) rasmiy uslubda
25. Asosan qanday uslubda so‘zlar ko‘chma ma’noda qo‘llanmaydi?
A) ilmiy uslubda B) rasmiy ish uslubida
C) so‘zlashuv uslubida D) A, B.
26. Jonli so‘zlashuv nutqida o‘zlari olmoshi kishilik olmoshlarining qay biri o‘rnida qo‘llanishi mumkin?
A) 2- va 3-shaxs o‘rnida B) 2-shaxs ko‘plik o‘rnida
C) 2-shaxs birlik o‘rnida D) 1-shaxs birlik o‘rnida
27. Asosan badiiy uslubga xos bo‘lgan izn (izn bermoq) so‘zining sinonimini toping.
A) ixtiyor B) ijozat C) erk D) nishona
28. Qisqalik, aniqlik, soddalik, shuningdek, ibora va jumlalarning bir qolipda bo‘lishi asosan qaysi uslubga xos?
A) so‘zlashuv uslubiga B) ilmiy uslubga
C) ommabop uslubga D) badiiy uslubga
29. “O‘rtoq rafiqam! Ruxsat bersangiz turmush qurganimizga bir yil to‘lishi munosabati bilan sizni tabrik qilishga!” Ushbu gap qaysi uslubga misol bo‘la oladi?
A) rasmiy B) ilmiy C) ommabop D) badiiy
30. Borolmadim: ishim chiqib qoldi. Erta boraman gaplari qaysi uslubga xos?
A) badiiy B) so‘zlashuv C) rasmiy D) ilmiy
31. Ushbu matn qaysi uslubga tegishli? Bodom fevral oyida gullaydi. Qayrag‘och - qurilish materiali, shuningdek, mebel korxonalari uchun qimmatli xom ashyo.
A) ilmiy B) badiiy C) so‘zlashuv D) publitsistik
32. Quyidagi matn qaysi uslubga tegishli? Jo‘yaklarda suv bir hovuch ko‘z yoshiday miltirab oqib turibdi. Quyosh qaymoq surtilgan shirmon nondek ufqqa qizarib bota boshladi.
A) rasmiy B) publitsistik C) badiiy D) so‘zlashuv
Do'stlaringiz bilan baham: |