33. “Biz ushbu dalolatnomani tuzuvchilar...”, “Arizani yozishdan maqsadim shuki...” kabi birikmalar qaysi uslubda ishlatiladi?
A) badiiy B) rasmiy C) ilmiy D) publitsistik
34. Hurmat ayla oq sut bergan onangni gapi qaysi uslubga xos?
A) ilmiy B) so‘zlashuv C) badiiy D) publitsistik
35. Quyidagi sinonimik qatorlardan oddiy so‘zlashuv uslubiga xos so‘zlarni toping. 1) yolg‘onchi, kazzob, aldamchi; 2) to‘zim, bardosh, matonat, chidam; 3) tanovul qilmoq, oshamoq, emoq; 4) achchiq, jahl, qahr.
A) aldamchi, to‘zim, oshamoq, achchiq B) kazzob, to‘zim, oshamoq, achchiq C) yolg‘onchi, bardosh, emoq, jahl D) yolg‘onchi, chidam, oshamoq, achchiq
36. Odatda rasmiy uslubda qanday gaplardan foydalanilmaydi?
A) so‘roq va buyruq gaplardan B) his-hayajon gaplardan
C) buyruq gaplardan D) darak gaplardan
USLUBIYAT TURLARI
1. Qaysi gapda grammatik me’yor buzilgan?
A) Ko‘zining oq-u qorasi bo‘lgan Otabekning holi nima kechdi? B) To‘lqinning xayolini yana qo‘shnining qizi bo‘ldi. C) Umrini tog‘larda o‘tkazgan odamning tabiat tilini bilmaydi deyish qiyin. D) Institutga yaqinroq bog‘lardan birontasiga borib dars tayyorlamoqchi bo‘ldi.
2. Qanday so‘zlar uslubiy betaraf so‘zlar hisoblanadi?
A) shevaga xos so‘zlar B) ma’lum uslublargagina xos so‘zlar C) faqat so‘zlashuv uslubiga xos so‘zlar D) barcha uslublarda ishlatiladigan so‘zlar.
3. Adabiy tilning faqat yozma shakli uchun xos bo‘lgan me’yorlar qaysi qatordagi javobda ifodalangan?
A) lug‘aviy va grammatik me’yor B) orfografik me’yor
C) punktuatsion me’yor D) B, C.
4. Qaysi me’yorlar adabiy tilning hamma shakli uchun xos?
A) to‘g‘ri talaffuz me’yorlari B) lug‘aviy, grammatik me’yorlar. C) lug‘aviy, grammatik, uslubiy me’yorlar D) imlo va tinish belgilariga oid me’yorlar
Do'stlaringiz bilan baham: |