8. Quyidagi sinonimlardan rasmiy uslubga tegishli so‘zni belgilang?
A) ketmoq B) tushmoq C) olinmoq D) ozod qilinmoq
9. So‘zlashuv uslubida qo‘llanadigan so‘zlar qatorini aniqlang.
A) bashar, mozor, yaxshi, kasal B) ado etmoq, behuda, yopiq
C) rostdan, bo‘ldi, mayli D) voqea, barvasta, chiroyli
10. Quyidagi gaplardan ilmiy uslubga tegishlisini belgilang.
A) Qani endi, barcha ham senga o‘xshasa. B) Mayin shamol daraxt yaproqlarini asta tortqilaydi. C) Mushfiq onaning hasratlari bir dunyo edi. D) Yonishning tashqi belgisi issiqlik va yorug‘lik chiqishidir.
11. Quyidagi sinonim so‘zlarning ko‘proq so‘zlashuv uslubiga tegishlisini belgilang.
A) rohat B) huzur C) mazza D) lazzat
12. Quyidagi rang bildirgan so‘zlardan badiiy uslubga tegishlisini toping.
A) ko‘k B) zangor C) moviy D) havo rang
13. Rasmiy uslubga xos xususiyatni belgilang.
A) Ko‘p ma’noli so‘zlar ishlatiladi. B) Terminlar qo‘llanadi C) Ibora va jumlalar ma’lum qolipda bo‘ladi D) shevaga xos so‘zlar faol qo‘llanadi
14. So‘zning o‘z ma’nosidan ko‘chishi qaysi uslubda uchraydi?
A) rasmiy, ilmiy B) publitsistik, ilmiy
C) badiiy, so‘zlashuv D) rasmiy, publitsistik
15. Keltirilgan matnning uslubini toping. Oyijon, oyijon, boshginam og‘riydi-yo. (Qo‘shiqdan)
A) so‘zlashuv B) rasmiy-idoraviy C) ilmiy D) publitsistik
16. Badiiy uslubga xos gapni aniqlang.
A) Sen menga: “Ovqating undog‘, ovqating mundog‘” - degan gapni qilaverma. B) Stakanlarning ikkovida ham rangli eritma bor. C) Ma’lumotnoma tuman hokimiyatiga ko‘rsatilsin.
D) Butun osmonni bulutlarning og‘ir, qalin, qoramtir namati qoplagan.
17. Quyidagi so‘zlarning qaysi biri faqat badiiy uslubga xos?
A) kabi B) yanglig‘ C) misoli D) singari
18. Obrazlar, obrazli tasvirlar bilan emas, aniq ma’lumotlarning xolis, umumlashgan xususiyatlarini ta’rif-lash, tushunchalarga mos keladigan atamalar bilan ish ko‘radigan uslubdir. Ushbu ta’rif qaysi uslubga mos keladi?
A) badiiy B) ilmiy C) rasmiy-idoraviy D) publitsistik
Do'stlaringiz bilan baham: |