30. Qaysi qatorda qo‘shma gap bor?
A) Kishilar mehnatni qadrlaydilar ulug‘laydilar B) Dasturxonni yozib, nonlarni ushatdi. C) Nabotot olami bo‘lmasa, hayotning o‘zi bo‘lmaydi. D) Biz, sinf rahbarimiz aytdi, ertaga sayohatga boramiz.
31. Tobe-hokim munosabatli qo‘shma gap qismlarini bog‘lash uchun xizmat qiladigan bog‘lovchilar...
A) zidlov bog‘lovchilar deyiladi B) ayiruv bog‘lovchilari deyiladi. C) inkor bog‘lovchilar deyiladi. D) ergashtiruvchi bog‘lovchilar deyiladi.
32. Ergash gapli qo‘shma gapni aniqlang.
A) Kim mehnatni sevsa, uning qadri baland bo‘ladi. B) Muhabbat eski narsa, ammo har bir yurak uni yangilaydi. C) Orzular buyukdir, umrlar qisqa. D) Biz ko‘rgan, eshitgan, lekin e’tibor bermagan voqealarga san’atkorona baho beramiz.
33. Qo‘shma gapni toping.
A) Ertalab turib hovli supurmagan, yakshanba eng shimarib kir yuvmagan er er bo‘libdimi! B) Ba’zan vijdonning pokligini isbotlash uchun ham hujjat talab qilinadi. C) Azaga borgan kampir o‘z dardini aytib yig‘laydi, deganlari rost ekan. D) Seni bir dam tutmoqqa endi na haqqim bor, na huquqim bor.
34. Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar o‘zaro qanday bog‘lanadi?
A) bog‘lovchilar orqali B) yuklamalar orqali C) ayrim fe’l shakllari va ohang bilan D) A, B, C.
35. Ergashtiruvchi bog‘lovchilar qanday munosabatli qo‘shma gap qismlarini bog‘lash uchun xizmat qiladi?
A) qo‘shma gapning teng huquqli qismlarini B) qo‘shma gap tarkibidagi uyushiq bo‘laklarni C) tobe-hokim munosabatli qo‘shma gap qismlarini D) qo‘shma gapning teng huquqli qismlari va uyushiq bo‘laklarni
O‘ZGALARNING NUTQINI IFODALASH USULLARI
1. Uzoqdan, chayla tomondan, itning: «vov, vov, vov» degan ovozi eshitildi. Ushbu gap o‘zlashtirma gapga qay ko‘rinishda aylantiriladi?
A) Uzoqdan, chayla tomondan, it «vov, vov, vov» deb hurdi. B) Uzoqdan, chayla tomondan, itning vovillagani eshitildi. C) Itning: «Vov, vov, vov», deb vovillagani uzoqdan, chayla tomondan eshitildi. D) O‘zlashtirma gapga aylanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |