205. Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog‘lashda faqat takror holda qo‘llanuvchi bog‘lovchilar berilgan qatorni toping.
A) goh…goh, ba’zan…ba’zan, yo…yo, dam…dam B) goh…goh, ba’zan… ba’zan, dam…dam C) goh…goh, dam…dam, yoki…yoki D) goh…goh, ba’zan…ba’zan
206. Eshik sekin-sekin ochildi-yu, Arslonbek Qalandarovning ozg‘in yuzi ko‘rindi. Ushbu misol bog‘langan qo‘shma gapning qaysi turiga mansub?
A) biriktiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gap B) zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gap C) ayiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gap D) inkor munosabatli bog‘langan qo‘shma gap
207. Biriktiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gap qaysi qatorda berilgan?
A) Quyosh erga nurini har qancha sochsa ham, u erdan buning evaziga hech narsa talab qilmaydi. B) Tantanali kechaning badiiy qismida konsert berildi ham hujjatli film namoyish qilindi. C) Suv keldi - nur keldi. D) Bahaybat fil xartumini suvga solishi bilan, suvdagi to‘lin oy birdan qalqiy boshladi.
208. Zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gapni toping.
A) Ko‘nglimni zavq asir etdi-yu, yosh boladay har yon yugurdim. B) Uying tor bo‘lsa ham, ko‘ngling keng bo‘lsin. C) Agar har bir kishi bir donadan ko‘chat o‘tqazsa, diyorimiz bog‘-u bo‘stonga aylanadi. D) Sevinch esdan chiqadi-yu, qayg‘u unutilmaydi.
209.Ayiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gapni belgilang.
A) Narsalarga qiziqishing yo‘qolsa, xotirangdan ham ayrilasan. B) Bema’ni fikrlar har kimda ham bo‘ladi, faqat aqlli kishigina uni ishlatmaydi. C) Ba’zan sho‘x musiqa yangraydi, ba’zan zo‘r qahqaha olamni buzadi. D) Go‘zallik kishi uchun katta baxt, ammo mehnatsevarlik bebaho ziynatdir.
210. Sobir anhor bilan hovuz o‘rtasidagi supaga joy qildirib berdi-da, o‘zi qayoqqadir ketdi. Ushbu qo‘shma gapning turi...
A) ergashgan qo‘shma gap B) bog‘lovchisiz qo‘shma gap
C) ayiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap
D) zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap
Do'stlaringiz bilan baham: |