Hozirgi o’zbek adabiy tili (Sintksis) fanidan YaB uchun test.


Yigit ham shunaqa bo‘ladimi?


Download 354 Kb.
bet10/49
Sana18.06.2023
Hajmi354 Kb.
#1556303
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   49
Bog'liq
portal.guldu.uz-Hozirgi o`zbek adabiy tili

70. Yigit ham shunaqa bo‘ladimi? Ushbu gap qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?
A) sodda yig‘iq gap B) sodda yoyiq gap C) bir bosh bo‘lakli gap D) A va C
71. Qaysi qatorda bir bosh bo‘lakli gap berilgan?
A) Balki zavod qurish uchun ovora bo‘lishga to‘g‘ri kelmas. B) Rahmat, mulla Jo‘ra, ming rahmat. C) Shoir qalbi go‘yo anor, she’ri uning sharbati. D) To‘lqin urgan ummoncha bor yurakdagi tug‘yonim.
72. Ham ega, ham kesim guruhidan iborat bo‘lgan gapni aniqlang.
A) Tepalikdagi chinor va ikki tup sadaqayrag‘och to‘rt kishilik talay supalarga soya soladi. B) Zo‘r quvonchga faqat katta mehnat bilan erishish mumkin. C) Maydondagi favvoralar rang-barang shu’lalari bilan porlaydi. D) A,C.


GAPNING IKKINCHI DARAJALI BO‘LAKLARI
73. Jumla tarkibidagi so‘zlar qanday holatda gap bo‘lagi bo‘lib kela oladi?
A) gap tarkibida o‘zaro faqat tobe bog‘langan so‘zlar gap bo‘lagi vazifasida kela oladi B) gap tarkibida faqat o‘zaro teng bog‘langan so‘zlar gap bo‘lagi vazifasida kela oladi C) gapda qo‘llangan har qanday so‘z gap bo‘lagi vazifasida kela oladi
D) gapda qo‘llangan barcha mustaqil so‘zlar gap bo‘lagi vazifasida kela oladi
74. Rejasiz ish – qolipsiz g‘isht. Gap qanday bo‘laklardan tashkil topgan?
A) aniqlovchi, ega, to‘ldiruvchi, kesim B) aniqlovchi, ega, kesim C) ega, kesim, to‘ldiruvchi D) ega, kesim
75. Qaysi hukm noto‘g‘ri?
A) ega va kesim o‘zaro faqat tobe bog‘lanadi B) ega va kesim o‘zaro teng va tobe bog‘lanishi mumkin C) ega va kesim shaxs va sonda moslanishi shart D) A, C
76. Ona-yu bola – gul-u lola. Mazkur gapda so‘zlar o‘zaro qaysi vosita orqali sintaktik bog‘langan?
A) ko‘makchilar B) bog‘lovchilar C) bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan yuklamalar D) ohang orqali

Download 354 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling