96. Qaysi gapda fe’l-kesim ega bilan sonda moslashmagan?
A) Bizning nevaralarimiz, shubhasiz, xalqimiz qahramonligini eslaydilar. B) Har kimning qalbida o‘z xalqining jajji qiyofasi yashaydi. C) Yaxshi kishilar yuksak axloqiy etuklik va yuksak axloqiy obro‘ bilan ajralib turadilar. D) Moviy osmonda oq bulutlar suzib yuribdi.
97. Qaysi gapda ega bilan kesim orasida tire ishlatilishi kerak?
A) Har bir bolaning eng muqaddas burchi o‘qishdir. B) Bu qiz Mahbubaning dugonasi Ozoda edi. C) O‘qish juda katta baxt.
D) Suv bor erda hayot bor.
98. Qaysi qatorda ega bilan kesim orasida tire noto‘g‘ri qo‘yilgan?
A) Mening eng yaqin do‘stim – sensan. B) Bilim olish – yuksalish. C) Besh karra besh – yigirma besh. D) Halol yashamoq – xalqqa xizmat qilmoq.
99. Qaysi gapda ega bilan kesim orasida tire ishlatilishi lozim?
A) Jamoa xo‘jaligi xalq mulki. B) O‘g‘limdan umidim ko‘p
C) Hamma yoq toptoza, yovvoyi o‘tlar yo‘q. D) qo‘shnilarim ham halol odamlar.
2-§. To‘ldiruvchi
100. To‘ldiruvchining grammatik belgisi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
A) To‘ldiruvchi odatda boshqa so‘zlarga boshqaruv yo‘li bilan bog‘lanadi. B) To‘ldiruvchi tushum kelishigidagi so‘z bilan belgili yoki belgisiz qo‘llanishi mumkin. C) To‘ldiruvchi o‘rin-payt, chiqish, jo‘nalish kelishiklari shaklida bo‘lishi mumkin.
D) To‘ldiruvchi o‘zi bog‘langan so‘zga nisbatan tobe yoki hokim sanalishi mumkin.
101. Belgisiz to‘ldiruvchi doim qanday gap bo‘lagi oldida joylashadi?
A) hol oldida B) ot-kesim oldida
C) fe’l-kesim oldida D) hol va kesim oldida
102. Ravish gapda to‘ldiruvchi vazifasini bajargan qatorni aniqlang.
A) Mayor sabrsizlanib, har yoqqa tikildi. B) Xayollarim shamoldan tezroq uchardi. C) Ko‘p kitoblar o‘qib chiqdim.
D) Ko‘pdan quyon qochib qutulmas.
Do'stlaringiz bilan baham: |