197. Zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap berilgan javobni toping.
A) Boshqalarni bilmayman-u, suyak sho‘rva Kulala ikkovimizga zo‘rlik qildi. B) Sen berahm bo‘lsang ham, ammo Men dushmanlik qilmasman aslo. C) Har qanday qonunga ham chap berish mumkin, lekin uyatga chap berib bo‘lmaydi, chunki qonun odamdan tashqarida, uyat esa odamning ko‘ksida bo‘ladi. D) Hozirgi zamonda sichqon tutmaydigan mushuk ham odamning ko‘ziga xunuk ko‘rinadi.
198. Biriktiruv bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplar o‘rtasida qanday munosabat ifodalanadi?
A) payt munosabati B) Gap mazmuniga ko‘ra turli munosabat ifodalanishi mumkin. B) zidlik munosabati C) sabab yoki natija munosabati
199. Ayiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gapni aniqlang.
A) Ko‘z yoshi yo ko‘ngildagi g‘am-g‘ussaning damini kesish, yo berahmning rahmini keltirish uchun to‘kiladi. B) Uyatsizlik hamma narsa uchun dog‘, hayo hamma narsa uchun ziynatdir. C) Qorong‘i kechada otilgan mushak ham go‘zal, quyoshga qarab xandon tashlab turgan gul ham go‘zal.
D) Dam jahlim chiqadi, dam kulgim keladi.
200. Zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap berilgan javobni toping.
A) Adabiyotga o‘g‘ri mushukka o‘xshab tuynukdan oshib tushadiganlar ham bo‘ladi. B) Nima uchun ko‘cha harakat qoidasini buzgan kishiga militsiya hushtak chaladi-yu, butun bir tilni buzayotgan odamlarga hech kim hushtak chalmaydi? C) Sen berahm bo‘lsang ham, ammo Men dushmanlik qilmasman aslo. D) Taqdirimiz birdir, go‘zalim Gar o‘rtada daryo bo‘lsa ham.
201. Voqea-hodisalarning o‘zaro zidlanish mazmunini ifodalagan bog‘langan qo‘shma gapni toping.
A) Bu odam to‘nkarilib qolgan qo‘ng‘izga o‘xshaydi, o‘nglab qo‘yadiganlarning qo‘lini sasitadi. B) Adabiyot atomdan kuchli, lekin kuchini o‘tin yorishga sarflash kerak emas. C) O‘quvchi asarimizni qiziqib, shavq bilan o‘qimas ekan, uning g‘oyasini obrazlar orqali qabul qilmas ekan, maqsadimiz qog‘ozda qolaveradi. D) Ba’zi so‘zlarda sehr bo‘ladi, ba’zi she’rlarda hikmat bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |