(A.Oripov) Xarakter-xususiyatni bildiruvchi sifatlar tuzilishi jihatidan 4ga bo`linadi Xarakter-xususiyatni bildiruvchi sifatlarning sintaktik vazifasi: - Sifatlovchi-aniqlovchi, ega, qaratqich-aniqlovchi, to`ldiruvchi, undalma bo`lib keladi: Odobli bola elga manzur.
- Yaxshi oshini yer, yomon – boshini.
- Saxiyning ehsoniga baxilning boshi og`rir.
- Yaxshidan adashma, yomonga yondashma.
- Azizim, dunyoga bevaqt kelibmiz.
Xarakter-xususiyat bildiruvchi sifatlarning semantik-uslubiy xususiyatlari. - Bilsang men ham chaman o`lkamning,
- Sho`x va quvnoq, shod o`g`ilchasi.
- (A.Oripov)
- Yosh burgut uchmoqda ko`kda shiddatkor,
- Kumush bulutlarning to`zg`itib parin.
- Uchmoqda, qalbida mag`rur ishonch bor.
- Qaqshagan qoyalar, cho`qqilar sari.
Holat sifatlarining uslubiy xususiyatlari. Holat sifatlarining uslubiy xususiyatlari - Munavvar “o`ta intelligent”, yumshoq bir odamga dag`allik qilib, ozor berganiga o`ksindi. (S.Anorboyev).
- Ochil qanchalik tez va ko`ngli yumshoq bo`lsa, Mahkam shunchalik vazmin edi.
- Quturmay ham nima qilsin, chayqovchilikdan ayblanganlarning ustidansudlar shu qadar yumshoq hukm chiqaradiki, bilmaysan kishi: jazo berdimi,nasihat qildimi? (A.Qahhor)
Maza-ta’m bildiruvchi sifatlarning semantik-uslubiy xususiyatlari. Maza-ta’m bildiruvchi sifatlar - Voy-voy bu shirin bolani, naq bug`ursoqni o`ziku. (G`.G`ulom)
- Shirin xayoling buzdimmi? (R.Parfi)
- Shirin so`z shakardan shirin.(Maqol)
- Goh sen shirin oromga makon,
- Goho qaynab toshgan buloq ko`zisan.
- (A. Oripov)
Qora leksemasining ma’no ifodasi - 1) “motam” ma’nosida keladi: Yusufbek hoji xatmi qur’on qilib,yurtga osh berdi. O`zbek oyim qora kiyib, ta’ziya ochdi. (A.Qodiriy)
- 2) “qayg`u” semasini: Ro`zg`oring qora qilmay. (E.Vohidov)
- 3) “kun” semasini: O`tdi dahshatli kun/ Qora sahifa. (E.Vohidov)
- 4) “ko`rinmay ketmoq” semasini:poezdning qorasi o`chguncha mo`ltirab qarab turdim, keyin yig`lab-yig`lab izimga qaytdim. (S.Siyoyev)
- 5) “ko`rinish bermoq” semasini: Polvon bolam-ku, qorasini ko`rsatmay, suvga tushgandek g`oyib bo`ldi.(S.Ahmad)
- 6) “ko`rmoq” semasini: qorasini ilg`amoq, Kunning o`zi peshin vaqti bo`lganda, poygachilar qorasini oladi. (Alpomish)
- 7) “ayb,aybdorlik,gunohkorlik” semasini: Quchog`ini “o`zligi”ga ochdi deb/Oq ismimga qora zanjir ildingiz? (Cho`lpon)
Do'stlaringiz bilan baham: |