Hozirgi paytda telekommunikatsiya texnologiyalarining jadal
Download 3 Mb. Pdf ko'rish
|
Kommutatsiya-tizimlari.A.M.EshmurodovA.F.Xaytbayev
230 7.4. Keyingi avlod tarmog‘i elementlari Keyingi avlod tarmog‘i (NGN) tarmoqning yangi konsepsiyasini, tovush funksiyalari, xizmat ko‘rsatish sifati (QoS) va paketli tarmoqning afzalliklari va samaraligi bilan kommutatsiyalanadigan tarmoq o‘z ichiga oladi. NGN tarmog‘i tarmoqlar va texnologiyalarning birlashishida aks etadigan ishlab turgan telekommunikatsiya tarmoqlarining evolyusiyasini bildiradi. Shu sababli telefoniyaning klassik xizmatlaridan boshlanib va ma’lumotlarni uzatishning turli to‘plami yoki ularning kombinatsiyalarida tugagan xizmatlarning keng to‘plamini ta’minlaydi. NGN tarmoqlarining tuzilmasida integratsiyalangan qurilmada alohida qurilmalar yoki ixtiyoriy kombinatsiyalardan iborat bir nechta elementlar ishtirok etadi. NGN tarmog‘ining eng muhim elementlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: Media - shlyuz (MG) telefon tarmog‘idan tovush chaqiruvlarni terminallaydi, tovushni qisadi va paketlaydi, IP tarmoqda qisqargan tovushli paketlarni uzatadi, shuningdek IP tarmoqdan tovushli chaqiruvlar uchun teskari operasiyani o‘tkazadi. ISDB/POTS chaqiruvlar signalizatsiya ma’lumotlarini media - shlyuz kontrolleriga uzatadi yoki signazizatsiyani H.323 xabarga o‘zgartirish shlyuzda amalga oshiriladi. Yuqorida keltirilgan media - shlyuz masofadan kira olish, marshrutlash, tarmoqning virtual qismlar, TCP/IP trafikni filtrlash va boshqalar uchun funksionallikni kiritish mumkin. Signalizatsiya shlyuzi (SG) signalizatsiyani o‘zgartirish uchun xizmat qiladi va uni kommutatsiyalanadigan paketli tarmoq o‘rtasida tiniq uzatishni ta’minlaydi. U signalizatsiyani terminalashtiradi va xabarni media - shlyuz kontrolleriga yoki signalizatsiyaning boshqa shlyuzlariga IP orqali uzatadi. Media - shlyuz kontrolleri (MGC) ro‘yxatga oladi va media - shlyuzning o‘tkazish qobiliyatini boshqaradi. Media - shlyuz orqali xabarlar bilan telefon stansiyalari bilan almashinadi. Quyida keltirilgan sxemada yuqorida keltirilgan barcha elementlarni o‘z ichiga olgan NGN tarmog‘iga misol keltirilgan (7.5- rasm). Yuqorida keltirilgan NGN tarmog‘ining elementlari bilan bir qatorda quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin: H.323 standarti bo‘yicha aralash kommutatsiyalanadigan va paketli tarmoq- larda tor yo‘lakli audio/video telefon xizmatlarini quvvatlash va ulardan foydalanish uchun xizmat qiladigan H.323 tarmoqli qurilma. H.323 tarmoqli qurilmaga quyidagilar kiradi: Tarmoqning oxirgi nuqtasini 231 o‘z ichiga oladigan terminal. H.323 terminallari bo‘lib, tegishli dasturiy ta’minotga ega shaxsiy kompyuterlar va H.323 standartini quvvatlaydigan IP telefonlar hisoblanadi. H.323 shlyuzlari - paketli va kommutatsiyalanadigan tarmoqlar tomonida H.323 oxirgi nuqtalar o‘rtasida o‘zgarishlarning funksionalligini ta’minlaydigan qurilmadir. O‘z ichiga uzatish formatlarini o‘zgartirish, kommunikasiya protseduralari, audio/video kodeklarni oladi va bog‘lanishlarni o‘rnatadi va uzib qo‘yadi. H.323 geytgipperi – paketli va kommutatsiyalanadigan tarmoqlarda foyda- laniladigan adreslar (IP, telefon nomerlari) o‘zgartirishini ta’minlaydigan qurilmadir. Shu bilan birga u o‘tkazish yo‘laksini boshqaradi, masalan, tarmoq band bo‘lganda seanslar o‘tkazilishini cheklash. Geytgipper bir qurilmada integratsiyalangan bo‘lishi mumkin, masalan, terminal, shlyuz yoki ko‘p protokolli kontroller. 7.5- rasm. Keyingi avlod tarmog‘iga misol Ko‘p nuqtali boshqarish bloki (MCU) – H.323 uch yoki undan ortiq oxirgi nuqtalarining ko‘p nuqtali kommunikatsiyasi (konferensiyasi) quvvatlanishini ta’minlaydigan qurilmadir. MCU bloklari Download 3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling