Hozirgi paytda telekommunikatsiya texnologiyalarining jadal


Control Point Server (SCP)


Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/103
Sana12.07.2023
Hajmi3 Mb.
#1659824
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   103
Bog'liq
Kommutatsiya-tizimlari.A.M.EshmurodovA.F.Xaytbayev

 Control Point Server (SCP): Xizmatlarni boshqarish tuguni
intellektual tarmoq (IN) ning asosiy tuguni bo‘lib, abonent ma’lumotlari va 
xizmatlari mantiqini saqlash uchun ishlatiladi. Kelayotgan chaqiruvlarga 
muvofiq ravishda (bular to‘g‘risida xizmatlar kommutatsiyasi tuguniga 
xabar beriladi), xizmatlarni boshqarish tuguni SSP xizmatning mos 


225 
mantiqini ishga tushiradi, ishga tushirilgan xizmat mantiqi asosida 
foydalanuvchining ma’lumotlar bazasi va xizmatlar ma’lumotlar bazasini 
izlashni amalga oshiradi, so‘ngra SSP tugunini keyingi amallarini 
bajarishiga ko‘rsatmalar berish uchun mos xizmatlar komutatsiya tuguniga 
chaqiruvni boshqaruvchi zarur buyruqlarni yuborishni amalga oshiradi. 
Shunday qilib turli intellektual chaqiruvlar o‘rnatilishi amalga oshiriladi.
7.3. IP- telefoniya standartlari 
Axborot almashinuvi turli tarmoq qurilmalari o‘rtasida standart proto- 
kollarining to‘plami yordamida belgilanadi, standart protokollari 
muammoning vaqti- vaqti bilan yuzaga keladigan qarorlar uchun 
yaratiladi. 
Ushbu 
protokollar 
multiservis 
tarmoqlar 
elementlari 
hisoblanadi. Protokollarning o‘zaro ishlash sxemasi 7.4- rasmda 
keltirilgan. 
7.4- rasm. Protokollarning o‘zaro ishlash sxemasi 
 
H.323 protokoli 
ITU - T H.323 standarti chaqiruvlar o‘rnatilishi va paketli tarmoqlar 
bo‘ylab ovoz va video trafiklar uzatilishi, xususan xizmatlar sifatini (QoS) 
kafolatlamaydigan Internet va intranet ta’minlanishi uchun ishlab 
chiqilgan. U IETF guruhi tomonidan ishlab chiqilgan Real - Time Protocol 


226 
va Real - Time Transport Control Protocol (RTP/RTCP) protokollaridan
shuningdek G.xxx seriyali ITU - T standart kodeklaridan foydalaniladi. 
H.323 protokoli VoIP texnologiyalarini amalga oshirishda birinchi 
bo‘lgan, industriya ta’sirida oddiy va yaxshi masshtablangan SIP protokol 
uchun ishlab chiqilgan IETF pozitsiyasi ustunlik qildi. Biroq, ITU 
ulanishlarni o‘rnatish tezligini va masshtablashtirishni oshirib, protokolni 
takomillashtirdi. H.323 protokollar bazasidagi tarmoqlar telefon tarmoqlar 
bilan integratsiyasiga mo‘ljallangan va ma’lumotlarni uzatish tarmog‘idagi 
ISDN tarmog‘i kabi ko‘rib chiqilishi mumkin, xususan, IP - telefoniya 
bunday tarmoqlarda ulanishlarni o‘rnatish protsedurasi Q.323 tavsiyasiga 
va ISDN tarmoqlarda foydalaniladigan protsedura xuddi shunday bo‘ladi. 
H.323 tavsiyasi paketlarni kommutatsiya qilish bilan IP - tarmoqlar 
bo‘yicha nutqli axborotni uzatish uchun mo‘ljallangan protokollarning 
murakkab to‘plami ko‘zda tutiladi.Uning maqsadi - xizmat ko‘rsatishning 
kafolatlanmagan sifat bilan tarmoqlardagi multimedia ilovalar ishini 
ta’minlash hisoblanadi. Nutqli trafiklar axborot va ma’lumotlar bilan birga 
H.323 ilovalardan biridir. Shuning uchun H.323 bilan turli multimedia 
ilovalarining moslashuvini ta’minlash muhiti harakatlarni talab qiladi. 
Masalan, aloqani qayta ulash (call transfer) funksiyasini amalga oshirish 
uchun alohida spetsifikatsiya H.450.2 talab qilinadi. 
H.323 tavsiyasida Xalqaro elektraloqa ittifoqi tomonidan tavsiya 
qilingan IP- telefoniya tarmoqlarining tuzilish varianti mahalliy telefon 
tarmoqlar operatorlariga mos keladi, ular shaharlararo va xalqaro aloqa 
xizmatlarini ko‘rsatish uchun paketlarni kommutatsiya qilish bilan (IP- 
tarmoq) tarmoqdan foydalanishda manfaatdordir. H.323 protokollar 
turkumiga kiradigan RAS protokoli tarmoq resurslaridan foydalanishni 
nazorat qilishi, foydalanuvchilarni autintifikatsiya qilinishini ta’minlaydi 
va xizmatlar uchun to‘lovni to‘lashni ta’minlashi mumkin.

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling