Hozirgi paytda telekommunikatsiya texnologiyalarining jadal


C&C08 tizimida chaqiruvga xizmat ko‘rsatish


Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/103
Sana12.07.2023
Hajmi3 Mb.
#1659824
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   103
Bog'liq
Kommutatsiya-tizimlari.A.M.EshmurodovA.F.Xaytbayev

6.8. C&C08 tizimida chaqiruvga xizmat ko‘rsatish 
C&CO8 tizimining chaqiruvlarga xizmat ko‘rsatish quyi tizimi OS 
operatsion tizim asosida amaliy quyi tizimdan va ma’lumotlarni 
boshqarish quyitizimi DBMS dan iborat. U UfTT xizmatlarini, 
ma’lumotlar uzatish xizmatlarini, ISDN xizmatlarini va IN xizmatlarini 
berish uchun bog‘lanishlarga ishlov berishga javob beradi. Chaqiruvlarga 
xizmat ko‘rsatish quyitizimi ITU - T va ETSI turli spetsifikatsiyasiga mos 
keluvchi integratsiyalangan tizimi hisoblanadi.


205 
Chaqiruvlarga xizmat ko‘rsatish quyi tizimi uch turdagi funksional 
modullardan iborat: 
- chaqiruvlarni boshqarish funksional moduli CCB; 
- resurslarni boshqarish funksional moduli RMM, ular DTMF 
qurilmalarini stansiyalararo aloqaning qabul qiluvchi va uzatuvchi 
qurilmalarini va tarmoqni boshqarish uchun ishlatiladi; 
- signalizatsiyaga ishlov berish funksional moduli SPM ajratilgan kanal 
bo‘yicha va UKS signalizatsiyasiga ishlov berishni boshqarish uchun 
xizmat qiladi 
Chaqiruvlarga xizmat ko‘rsatish quyi tizimi OS va DBMS bilan 
xabarlarni uzatish rejimida o‘zaro hamkorlik qiladi. Ma’lumotlar bazasiga 
murojaat esa, asinxron rejimida bajariladi. 
6.8.1. UfTT chaqiruvlariga xizmat ko‘rsatish 
C&C08 chaqiruvlarga xizmat ko‘rsatish quyi tizimi chegarasida mos 
SPM modullariga bir xil xizmat ko‘rsatiladi. SPM va CCB orasidagi 
signalizatsiya C&C08 ichki stansiya signalizatsiya mualojalariga mos 
ravishda koordinatsiya qilinadi. 
Har bir chaqiruvga xizmat ko‘rsatishda odatda, bitta SPM manbasi, 
bitta belgilangan SPM va bitta CCB ishtirok etadi. SPM asosan, 
protokollarni moslashtirishga javob beradi. Ular sifatida NNI “tarmoq - 
tarmoq” interfeysi va UNI “foydalanuvchi - tarmoq” interfeysi protokollari 
ishlatilishi mumkin. 
CCB, asosan nomerlarning tahlilini bajaradi, C&C08 ichki stansiya 
protokollarini boshqaradi, ulanayotgan kanalni aniqlaydi, tarifikatsiyaga 
ishlov beradi va h.k. 
Chaqiruvlarga xizmat ko‘rsatish quyidagi jarayonlardan iborat: 
chaqiruvni yaratish jarayoni, nomerlarni qabul qilish jarayoni, ulashni 
o‘rnatish jarayoni, javob signalini qabul qilish jarayoni, so‘zlashuv va 
uzish jarayoni. Chaqiruvni bir jarayondan boshqasiga o‘tkazish, 
chaqiruvlarni boshqarish markazi holatini o‘zgartirish bilan aks ettiriladi. 
Chaqiruvni yaratish jarayoni SPM moduli manbasidan chaqiruvni va CCB 
dan bog‘lanishni o‘rnatishga so‘rov signalini olishi bilan boshlanadi. 
Nomerni qabul qilish jarayonsida boshqarish CCB ga o‘tadi. Bog‘lanishni 
o‘rnatish va javob signalini qabul qilish jarayonlarida, to bog‘lanish 
o‘rnatilmagunicha va chaqiruv so‘zlashuv jarayonsiga o‘tmagunicha, 
chaqiruvni boshqarishni SPM moduli bajaradi. Uzish jarayonsida 
so‘zlashuv trakti va boshqa resurslar bo‘shatiladi. 


206 
Misol tariqasida ichki stantsiya aloqasini ko‘ramiz. 
I. Chaqiruvni yaratish jarayoni. 
ASL komplekti abonent mikrotelefon go‘shagini ko‘targanini 
aniqlasa, abonent portlari protsessori (ASL platasidagi SRU), bu hodisa 
haqida abonent guruhlari aloqa protsessori (NOD platasidagi CPU), orqali 
MRU ga xabar qiladi (6.30- rasm).
Setup hodisa haqida xabarni olib, MRU abonent tomoni ma’lumotlar 
bazasidan abonent haqida axborotni qidiradi. Agar chaqiruvga xizmat 
ko‘rsatish mumkin bo‘lsa, CCB ni band holatiga keltiriladi. Abonent 
tomon chaqiruv hosil qilgan holatga o‘tkaziladi va tarmoq tomoniga Setup 
xabar jo‘natiladi. Agar, abonentda tastaturali TA o‘rnatilgan bo‘lsa, DTMF 
qabul qilgich belgilanishi kerak. Bu qabul qilgich abonent ishlatgan vaqt 
intervalida, u tergan nomerni aniqlashga sozlangan bo‘lishi kerak.
MRU port protsessorni ulash o‘rnatishga so‘rovga javob olgani haqida 
xabar qiladi va unga chaqirayotgan abonentga xabar qiluvchi tonal 
signalini uzatish kerakligini ko‘rsatadi. Masalan, “stansiya tayyor” signalni 
yoki “maxsus stansiya tayyor” signalini.
1 - mikrotelefon go‘shagini ko‘targani haqidagi xabar 
2 - abonent ma’lumotlarini so‘rov 
3 - DTMF qabul qilgichni ulash 
4 - CCB ni so‘rov
5 - Setup axboroti
6 - SetupAck axboroti 
7- - “Stansiya tayyor” signalini uzatish
 
6.30- rasm. Chaqiruvni yaratish jarayoni 
DTMF 
ASL 
DBMS 
CCB 
SPM_ASL 






SM 
MPU 



207 
II. Nomerlarni qabul qilish jarayoni.. 
Abonent bu signalni eshitib raqam teradi. Qabul qilgich nomerni 
birinchi raqamni qabul qilganidan so‘ng, “stansiya tayyor” signalini uzadi 
va chaqiruvni berkitish bilan uzatish jarayoniga o‘tadi.
MRU belgilangan raqamlar sonini qabul qilingandan keyin, bu 
axborotga ishlov beradi, DBMS, CCB ga murojaat qilib, nomer prefiksini 
tahlil qiladi. Shunga asosan, chaqiruvni ichki stansiya aloqa deb 
klassifikatsiyalaydi va nomer uzunligini aniqlaydi.
Qabul qilgich raqamlarni yetarli sonini qabul qilgandan keyin 
bo‘shatiladi va chaqiruv ulash o‘rnatish jarayoniga o‘tadi.
III. Ulashni o‘rnatish jarayoni. 
CCB ma’lumotlar bazasidan chaqirilayotgan abonent haqida axborotni 
qidirishni amalga oshiradi va chaqirilayotgan tomonga band etish 
axborotini uzatadi.
Chaqirilayotgan tomonda chaqirilayotgan abonent qurilmalar holatini 
aniqlanadi, agar bo‘sh bo‘lsa, u xabardor qilinadi va kirish chaqiruvini 
qabul qilish holatida turganligi belgilanadi. Bir vaqtda CCB moduliga 
chaqirilayotgan abonenti chaqiriq signali bilan xabardor qilinayotgani 
haqida xabar beriladi.
CCB chaqiriq signali berilganiyotganiga ishonch hosil qilsa, u 
chaqirayotgan abonentga chaqiriqni nazorat signalini uzatadi. Ulash javob 
signalini qabul qilish jarayonsiga o‘tadi.
IV. Javob signalini qabul qilish jarayoni. 
6.31- rasmda ichki stantsiya aloqasi uchun javob signalini qabul qilish 
jarayonini blok sxemasi ko‘rsatilgan. 
Chaqirilayotgan abonent chaqiriqqa javob berganida ASL komplekti 
chaqiriq signalini uzadi va tarmoq tomon Connect xabarini uzatadi.
CCB chaqirayotgan abonentga chaqiriqning nazorat signalini uzatishni 
to‘xtatadi va chaqirayotgan va chaqirilayotgan abonentlar orasida nutq 
traktini ulaydi. Chaqiruv so‘zlashuv jarayoniga o‘tadi. 
V. So‘zlashuv va uzish jarayonlari. 
6.32- rasmda ichki stansiya aloqasi uchun so‘zlashuv va uzish 
jarayonlarining blok sxemasi ko‘rsatilgan. 


208 
1 - birinchi raqam
2 - “stansiya tayyor” signalini uzish 
3 - nomerdagi keyingi raqamlar 
4 - informatsion xabari
5 - prefiksning tahlili
6 - chiqaruvga ishlov berish (Call processing) xabari
7- - DTMF bo‘shatish
8 - Setup xabari
9 – chaqirilayotgan abonentga chaqiriq signalini uzatish
10 - xabardor qilish xabari (Alerting)
11 - Alerting xabari 
12 - chaqiriq signalining nazoratini eshitish 
 
6.31- rasm. Javob signalini qabul qilish jarayoni 
DTMF 
ASL 
DBMS 
CCB 
SPM_ASL 




10 

Chaqirayotgan 
abonent 
SPM_ASL 
12 
ASL2 
11 


Chaqirilayotgan 
abonent 




209 
1 - chaqirilayotgan abonentning go‘shak ko‘targanligi to‘g‘risidagi 
xabar 
2 - Connect xabari 
3 - Connect xabari
4 - ConnectAck xabari
5 - so‘zlashv jarayoni 
6 - ConnectAck xabari 
7- go‘shak qo‘yilgan haqida xabar
8 - Disconnect xabari 
9 - Release xabari
10 - Release xabari 
11 - “band” signalini uzatish 
12 - Release Complete xabari 
13 - go‘shak qo‘yilgan haqida xabar 
6.32- rasm. So‘zlashuv va uzish jarayonlari 
ASL komplekti chaqirayotgan abonent tomonidan MT go‘shak 
qo‘yganini aniqlaganida, CCB ga uzishga so‘rov uzatadi.
Agar CCB ulashni uzish mumkinligini tasdiqlasa, u chaqirayotgan va 
chaqirila- yotgan abonentlar SPM modullariga chaqiruvni uzish 
indikatsiya xabarini uzatadi.
Chaqirayotgan abonent SPM moduli uzish xabarini qabul qilganidan 
keyin, u bo‘sh holatga o‘tadi.
Chaqirilayotgan abonent SPM moduli uzish xabarini qabul qilganidan 
keyin, chaqirilayotgan abonentga “band” signalini uzatadi va bu tonal 
signalini uzatish taymerini ishga tushiradi.
Chaqirayotgan 
abonent 
Chaqirilayotgan 
abonent 
ASL 
CCB 
SPM-ASL 






SPM-ASL 
12 

ASL 
11 

13 

10 


210 
Chaqirilayotgan abonent MT go‘shagini qo‘yganida, SPM bo‘sh 
holatga o‘tadi.

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling