Hozirgi paytda telekommunikatsiya texnologiyalarining jadal
Download 3 Mb. Pdf ko'rish
|
Kommutatsiya-tizimlari.A.M.EshmurodovA.F.Xaytbayev
212 7.1.1. Keyingi avlod tarmog‘ining yuzaga kelish sharoitlari Keyingi avlod tarmog‘i (NGN - Next Generation Networks ) biznesni rivoj- lantirish natijasida, ehtiyojlari o‘z shartlarini qo‘yadigan bozorda yuzaga keluvchi barcha yangiliklar kabi yuzaga keldi. Kompyuterlashtirish jarayoni ancha oldin boshlandi, lekin bugun ushbu jarayon biznes kompaniyalarda: kompyutersiz, tarmoqsiz, elektron pochta va booshqalarsiz mumkin bo‘lgan ishlar qanday bosqichgacha integratsiyalanganligi muhimdir. Zamonaviy texnologiyalarning o‘sish sur’ati hayratga soluvchi axborot oqimlarining katta hajmlari bilan birga olib borish kerak. Axborot tizimlar axborot oqimlaridan kompaniya faoliyatida samarali foydalanishda yig‘ish, tizimlash, tahlil qilishga yordam beruvchi asosiy asboblardan biri hisoblanadi. Bozorda burilish amalga oshdi, buning natijasida kanallar kommutatsiyasi to‘g‘risidagi so‘zlashuvdan paketlar kommutatsiyasi to‘g‘risidagi so‘zlashuvga o‘tdi. Tovushli aloqani taqdim etish an’anaviy xizmatlar kam talab etilmoqda, ulardan foyda tushib bormoqda. Bugun telekommunikatsiya bozori o‘ziga xos revolyusiyada yashamoqda. Yangi xizmatlar va ma’lumotlar trafigi asosiy bo‘lgan axborotni tarmoq bo‘ylab uzatiladigan o‘suvchi hajmlar yangi texnologik vositalarni talab qiladi. Bugungi kunda operatorlar vazifasi bo‘lib, transport tarmog‘i asosiy bo‘lgan undan yuqorida taqdim etiladigan muxim servis uchun foydalanuvchilarga xizmatlarning cheklanmagan spektrini taqdim etishga ega universal tarmoqlarni qurish hisoblanadi. Yaqin istiqbolda internet va telefoniya yagona tarmoqqa NGN (New Generation Network) birlashadi. Ushbu texnologiyani telekommunikatsiya bozorida kengaytirish uchun ko‘pgina kompaniyalar o‘zlashtirdilar. NGN texnologiyasi asosida to‘liq bog‘liqlik tamoyillarda jamiyatni qayta qurish konsepsiyasi yotgan, bunda barcha axborot resurslari istalgan muhitda umumqulay bo‘ladi va kishi qayerda bo‘lishidan qat’i nazar axborot etkazilgan bo‘lishi mumkin. Ushbu kompaniya na’munasi internetda paydo bo‘ldi (foydalanuvchi butundunyo tarmoqqa tushganda butun dunyoga kira olishga ega bo‘ladi), bu o‘z navbatida tarmoqning keng yoyilishiga olib keldi. NGN internetdan keng yo‘lakli foydalanish (100 Mbit/sek), paketli telefoniya, VPN (virtual xususiy tarmoq), “talab bo‘yicha video” va ajratilgan keng yo‘lakli kanallar kabi xizmatlarni taqdim etish imkoniga ega. Shunday qilib, NGN- keyingi avlod aloqa tarmog‘i (New step generation) – mediatrafikning barcha turlarini uzatishni va taqsimlangan 213 tarifikatsiyani qo‘shish hamda tahlil qilish imkoni bilan telekommunikatsiya xizmatlarning cheklanmagan spektrini taqsimlangan holda taqdim etishni ta’minlaydigan geterogen multiservis tarmog‘idir. Tovushni video servislar va ma’lumotlarni uzatish bo‘yicha xizmatlarni birlashtiruvchi, yangi texnologiyalardan foydalanib qurilgan integratsiyalangan tarmoqlar insonlarga nimani taklif etishlari mumkin? Masalan, multimedia markazi ulanadigan uyning bitta universal rozetkasini va kabel bo‘ylab hamma narsani: oddiy televideniya, talab bo‘yicha televideniya, abonentga kerak foydalanuvchi axborotni tarmoqqa yuborishi mumkin. Bundan keyin maishiy texnika mos ravishda jihozlasa, yagona tarmoqqa ulash «aqlli uy» konsepsiyasini ommaviy amalga oshirish to‘g‘risida gapirish mumkin. Ushbu yangi usulning muhim aspekti - ijtimoiydir. Kelajakda ushbu tizim yordamida imkoniyatlari cheklangan yoki kasalmand insonlar jismoniy holatining monitoringini amalga oshirishi mumkin. Bunda ular ijtimoiy va tibbiy yordamni tez olishlari mumkin. Wi- Fi rivojlanishini bugun kuzatish mumkin. Maishiy texnika qurilmalarida audioyozuv va fotografiyani qayta chiqarish imkoniga ega media adapterlar chiqariladi. Aniq muammolar mavjud, xususan “Sony” media adapterlar ushbu firma qurilmalari bilan va 802,11a standart bazasida ishlashi mumkin. Bundan tashqari, ular yordamida videosignalni qayta ishlab chiqish mumkin emas, ishlab chiqishlar etarlicha intensiv ravishda olib boriladi va takomillashgan qurilmalarning yuzaga kelishi tez sur’atda olib borilmoqda. Yagona standart to‘g‘risidagi bitim belgilovchi hisoblanadi, hozirda keng tarqalgan 802,11v yangi takomillashgani paydo bo‘lganda umumqabul qilingan deb hisoblanmaydi. Masalan, 802,11n standart 320 mbit/s tezlik bilan axborotni qabul qilishi mumkin. Asosiy o‘zgarishdan tashqari uyda universal rozetka paydo bo‘lishi muhim bo‘lgan xususiyatlari kelishi mumkin. U televideniyaga ham ta’sir etadi. Quydagi variant bo‘lishi mumkin: mavjud bo‘lgan kanallarni an’anaviy translyasiya qilish haqiqatda jamoa bo‘lib foydalanish antennasi plyus istalgan vaqtda, ma’lum narxda alohida qiziqqan dasturlarni olish imkoniyatidan foydalanish to‘lovining narxiga solishtirgan holda, bepul yoki arzon bo‘ladi. Bunda trafik uchun emas, agar internetdan faylni olish kabi, komponent tarkibi uchun to‘lash kerak bo‘ladi. Narxlar an’anaviy sotuvchilarning takliflari bilan taqqoslangan bo‘lishi kerak. Ya’ni talab bo‘yicha buyurtma berilgan film qo‘shni DVD magazinida sotib olinganga nisbatan qimmat bo‘lmasligi kerak. Integratsiyalangan tarmoqqa xonadonlardan tashqari mobil abonentlar va korporativ mijozlar ulanadi. Mobil telefonlar orqali uyga, axborotning 214 tashqi manbaiga kira olish mumkin. Mobil telefonlarga - adaptatsiyalangan (videofayllar) kabi, spetsifikka (o‘yinlar, viktorinalar, musiqa, logoturlar va boshqalar) mo‘ljallangan kontent mos ravishda yaratilishi kerak. NGN tarmog‘iga ulangan korxona va tashkilotlar individual abonentlardan farq qiladi, ular qo‘shimcha resurslardan foydalanish imkoniga ega. Xususan, ularga xususiy kontentni yaratish va sotish kiradi. Hozirgi kunda gazetalar va boshqa ommaviy axborot vositalari (OAV) mobil bozoriga ega ommaviy materiallar (kontent)ni sotish to‘g‘risidagi takliflar bilan chiqmoqda. Yana bir sxema elementi – mediasaqlash joyi, bu erda butun zarur kontent: sayt materiallaridan videoarxivgacha to‘planadi. Bunday saqlaydigan joylar etarlicha ko‘p bo‘ladi, shuning uchun “Port Vlsion” kompaniya ularning talabiga tayyorgarlikni hozirdan boshladi. Yaqinda u HDS – “Hitachi Data Systems” ma’lumotlar saqlashning eng yaxshi tizimlaridan bo‘lgan ishlab chiqaruvchi bilan rasmiy sherik bo‘ldi. Shahardan shaharga kontentning ko‘chishi qimmatdir, mahalliy saqlash joylarini yaratish ehtimoli ko‘proqdir. Har bir shaharda etarlicha bo‘lgan kutubxonalarga o‘xshash bo‘lishi kerak. Shunday qilib, mahalliy saqlash joylarida joylashgan o‘zining kontenti shaharlarda yuzaga keladi, bunda esa qulay va arzon bo‘ladi. NGN tarmog‘i va u bilan bog‘laydigan barcha elementlar ishining to‘liq modeli kimlar uchun fantastika bo‘lganda, jahonni zaif bo‘lmaguncha o‘zgaradigan texnik taraqqiyot sababli shunga o‘xshashliklar bo‘lib turadi. Uchinchi avlod texnologiyasining tamoyilial farqi multimediali kabel, multimediali bo‘lmagan zamonaviy xizmatlarning to‘liq ro‘yxatini ta’minlash imkoniyatidan iboratdir. Yangi aloqa tarmoqlarini yuritish bilan yuqori tezlikli turlarini, birinchi navbatda, oqimli video, video - konferensiya, video pochta, on - line savdo, joylashgan o‘rniga asoslangan servislar, on - line bankning, birja savdosi, spotr reportaj va boshqalar kabi interfaolni yuritish kerak. Download 3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling