Hozirgi paytda telekommunikatsiya texnologiyalarining jadal


  6.7 - Uzoqlashtirilgan modul


Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/103
Sana12.07.2023
Hajmi3 Mb.
#1659824
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   103
Bog'liq
Kommutatsiya-tizimlari.A.M.EshmurodovA.F.Xaytbayev

 


201 
6.7 - Uzoqlashtirilgan modul 
Stansiyadan katta masofaga uzoqlashtirilib, joylashgan abonentlarni 
ma’muriy boshqarish uchun va tarmoqqa ulash imkonini berish 
maqsadida, hamda C&C08 stansiyasi taklif qilayotgan aloqa xizmatlari 
spektrini kengaytirish uchun uzoqlashtirilgan (chiqarilgan) modullarni 
qo‘llash imkoniyati ko‘zda tutilgan. 
C&C08 tizimida uzoqlashtirilgan kommutatsiya moduli RSM, 
uzoqlashtirilgan abonent bloki RSA va uzoqlashtirilgan integral moduli 
RIM ishlatiladi.
SM kommutatsiya moduli AM/CM dan mahalliy tarmoq aniq 
sharoitlariga muvofiq ravishda uzoqlashgan holda o‘rnatilishi mumkin. 
Bunday turdagi modul RSM uzoqlashtirilgan kommutatsiya moduli deb 
ataladi (6.28- rasm).
RSM SMga o‘xshash, farqi RSM da uzoqlashib ulanish uchun optik 
interfeys platasidagi qabul qilgich, uzatgichlar quvvati va sezgirligi 
kattaroq bo‘lishidir. Chunki, SMni katta masofada (50 km gacha) 
uzoqlashtirib joylashtirish mumkin. Markaziy AM/CM moduli bilan 
aloqa qo‘shimcha uzatish tizimini ishlatmay, 40 Mbit/s interfeysi bilan 
optik tola bo‘yicha bajariladi. Agar tarmoqlangan kabel tarmog‘i va IKM 
uzatish tizimi tarmoqda bo‘lsa, RSM modulini IKM interfeysi bilan 
jihozlash yo‘li bilan RSM ni IKM uzatish tizimi yordami bilan E1 
interfeys orqali ulash mumkin. Bu bor aloqa liniyalarini samarali 
ishlashiga yo‘l beradi. 
 
6.28- rasm. RSM uzoqlashtirilgan kommutatsiya moduli 
AM/CM 
AM/CM 
SM 
SM 
SM 
RSM 
Markaziy stansiya 
Markaziy stansiya 
Uzoqlashtirilgan 
kommutatsiya 
moduli 


202 
RSM SM ga o‘xshash ichki kommutatsiyani bajaradi va 
interfeyslarni, funksiyalarni bera oladi. RSM konfiguratsiyasi 547 - 2 
ASL/480 DT. Uning afzalliklari: 
-
kam sonli stansiyalar bilan yuqori unumdorlikka ega katta 
tarmoqlarni qurish yengilligi; 
-
tayanch stansiya (AM/CM) markaziy xizmat ko‘rsatishni, 
tarifikatsiyani, trafika, statistikasini yig‘ishni, hamma RSM modullar 
uchun ma’lumotlarni boshqarishni bajarishi mumkin; 
-
ichki kommutatsiya funksiyasi, yuqoriroq ishonchlikni va 
kritik holatlarda havfsizlikni kafolatlaydi. 
RSM va uning AM/CM ga ulanish sxemasi 6.29- rasmda keltirilgan. 
RSM moduli AM/CM dagi ET16 platasi (16 ta E1 interfeysi) yoki 
OBC platasida joylashgan STU interfeysi (63 ta E1 interfeysi) bilan optik 
oxirgi blok orqali ulanish mumkin. RSM da signalizatsiyaga ishlov 
berishni 841 ETT (optik shakllantiruvchi) bilan LAPMC2 platasi bajaradi. 
RSM boshqa kommutatsiya tarmog‘i bilan hamkorligi R2 yoki 7- sonli 
UKS signalizatsiyasi asosida amalga oshiradi. 
RSA - bu uzoqlashtirilgan abonent bloki. Unda ichki kommutatsiya 
funksiyasi ishlatilmaydi. RSA abonentlarning zichligi katta bo‘lmagan 
joyda o‘rnatishga mo‘ljallangan. U SM yoki RSM modullariga E1/T1 
interfeysi orqali ulanadi. Bitta blok sig‘imi 256 ASL tashkil qiladi. Bu 
kichik gabaritli blok, abonent polkasida to‘g‘ri o‘rnatilgan ichki E1/T1 
interfeysiga ega. Blok sig‘imini abonent polkasini qo‘shish yo‘li bilan 
astalik bilan ko‘paytirish mumkin. RSA ni ichki turi (binoda) va tashqi 
turi (binodan tashqarida) mavjud. RSA tashqi turi atrof muhitga yaxshi 
adaptatsiyaga ega bo‘ladi. RSA ulash imkoniga ega interfeyslarning ko‘p 
soniga 
ega 
va 
faqatgina 
analog 
liniya, 
ISDN 
2B+D, 
V.24/V.35/E1/T1/DDN - sub tezlik kabi interfeyslarni ta’minlamay, balki 
atrof muhitni nazorat tizimi interfeysiga ham ega. 
SM moduli hamma xizmat va funksiyalarni RSA blok orqali ham bera 
oladi.
RSA da ASL, DSL va DRV platalari o‘rnatiladi. 
SM RSA ga 7 - TQ koakasial kabelida E1 2,048 Mbit/s interfeysini 
ishlatish yo‘li bilan ulanadi. Bitta RSA ga ikkita E1 aloqa liniyalari 
ishlatiladi. 


203 
6.29- rasm. RSM va uning AM/CM ga ulanish sxemasi 
RSA interfeyslari juftlik bilan konfiguratsiyalanadi. RSAni har bir juft 
interfeysi yuklamani bo‘lish rejimida ishlatilishi mumkin. SM tomonidagi 
RSA interfeysi asosan ketma - ket port orqali bosh protsessor bilan aloqa, 
komplektlarni ma’muriy boshqarish, buyruqlarni uzatish, kodlarni 
o‘zgartirish va h.k. funksiyalarni bajaradi. RSA ni abonent liniya 
komplektlariga nisbatan, asosiy funksiyalari aloqani tashkil qilish holat 
haqidagi axborotni olish, komplektlarni ma’muriy boshqarish, tonal 
signallarni uzatish, buyruqlarni uzatish va x.k. ni tashkil qiladi. C&C08 
tizimi RSA ni ma’muriy boshqarishni MPU blok yordamida amalga 
oshiradi. Kommutatsiya jarayoni markaziy stansiyada amalga oshiriladi. 
ССМ 
ССМ 
ET16/STU 
ET16/STU 
СNET 
Optik oxirgi blok 
Optik oxirgi blok 
DT 
DT 
NET 
LAPMC2 
LAPMC2 
MPU 
AM/СМ 
RSM 
2 M 
2 M 
2 M 
2 M 
Signalizatsiyaga ishlov 
berish 
Nutq 
kanallarining 
kommutatsiyasi 
Nutq kanallarining 
kommutatsiyasi 
Signalizatsiyaga ishlov 
berish 


204 
RSA ikki polka ko‘rinishida, ya’ni RSP va RSB ko‘rinishida 
chiqariladi. RSB variantida, hamma RSA, DRV va ASL bitta polkada 
o‘rnatiladi 
RIM da AL polkasi, uzatish tizimi, abonent krossi, akkumulyator 
batareyasi, elektr manba ta’minotining birlamchi bloki va boshqa 
yordamchi qurilmalar joylashadi. U oddiy chaqiriqqa ishlov beradi, 
ma’lumotlar uzatish, 2B+D va h.k. xizmatlarni bera oladi.
RIM ga AL elektrik interfeysi orqali ulanadi. Tarmoqqa esa, optik 
interfeys orqali ulanadi. RIM optik signalga ishlov beradi, hamda 
abonentlarga xizmat ko‘rsatish uchun interfeys beradi.
RIM ning funksiyalari: optik - elektrik va elektrik - optik o‘zgartirish, 
multipleksorlash/demultipleksorlash, protokollarga ishlov berish, texnik 
xizmat ko‘rsatish va h.k. lardir. 
RIM bera oladigan interfeyslar: 
-
analog abonent liniya (AL) interfeysi ASL; 
-
raqamli abonent liniya (AL) interfeysi DSL (2B+D); 
-
ma’lumotlar uzatish tarmog‘i DDN abonent interfeyslari 
V.24/V.35 (DTU); 
-
30B+D/E1 interfeyslari (RSP) (liniyalarni ijaraga olish); 
-
DDN abonenti sub tezlikli interfeysi (SRX); 
-
tonal chastotali 2/4 simli liniya interfeysi (VFB); 
-
atrof muhit va qurilma parametrlari monitoringi platasi (YeSC). 
RIM bino ichida va tashqarisida ishlatish uchun bajarilgan bo‘lishi 
mumkin.
RIM abonenti ulash imkoni tizimni yoyish jarayonini tezlashtiradi. 
Uni o‘rnatishni tezroq, ishonchliroq, tejamliroq qiladi va o‘rnatish vaqtini 
kamaytiradi. Bu atrof muhit yomon bo‘lgan sharoitda o‘rnatish uchun 
ishlatiladi. 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling