Hozirgi paytda telekommunikatsiya texnologiyalarining jadal
Download 3 Mb. Pdf ko'rish
|
Kommutatsiya-tizimlari.A.M.EshmurodovA.F.Xaytbayev
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7. KEYINGI AVLOD TARMOG‘I 7.1. Axborot kommunikatsion texnologiyalari xizmatlarini rivojlantirish
Nazorat savollari
1. C&C08 tizimining texnik tavsifini keltiring? 2. C&C08 tizimining qurilishi qanday prinsipga asoslangan. 3. C&C08 tizimining boshqarish prinsipini tushuntiring? 4. C&C08 izimining kommutatsiya maydoni qanday kommutatsiya bloklari asosida qurilgan? 5. C&C08 tizimining funksional sxemasi qanday modullardan iborat? 6. Boshqarish modulini bajaradigan funksiyasi nimalardan iborat? 7. Asosiy boshqarish moduli qanday vazifani bajaradi? 8. Yordamchi boshqarish moduliga qanday funksiyalar yuklangan? 9. Kommutatsiya modulini xizmatlarga ishlov berish modulidan farqi nimada? 10. Kommutatsiya modulining asosiy funksiyalari nima? 11. Xizmatlarga ishlov berish moduli nima vazifalarni bajaradi? 12. Resurslarni hamkorlikda ishlatish moduli nima uchun kerak? 13. Kommutatsiya moduli turlarini keltiring va har birini tushuntiring? 14. C&C08 tizimidagi konsentratorlar turini keltiring? 15. Har bir konsentrator turini ishlatish sohasini aniqlang? 16.Analog abonent liniya interfeysining bajaradigan funksiyasi nimadan iborat? 17. Raqamli ulash liniya interfeysi vazifasini tushuntiring? 18. SM va FAM/CM orasida axborot qanday ko‘rinishda uzatiladi? 19. SSV modul vazifasi nimalardan iborat? 20. Chaqiruvlarga xizmat ko‘rsatish jarayonini tushuntiring ? 211 7. KEYINGI AVLOD TARMOG‘I 7.1. Axborot kommunikatsion texnologiyalari xizmatlarini rivojlantirish XX asrning ikkinchi yarmida uzoq vaqt “axborot” tushunchasi xabarlarni oddiy uzatishga tenglashtirilgan. Axborotni qandaydir katta va mustaqil sifatida ko‘rib chiqish mumkin degan g‘oya, “soxta ilm” deb tanilgan - kibernetika bilan birgalikda vujudga keldi. U istalgan tizimning barqarorligi va yashovchanligini ta’minlaydigan boshqarish va rivojlanish jarayonlariga bevosita munosabatga egaligini isbotlagan. Bill Geytsning ta’kidlashicha: “O‘tgan asrning 80 - 90 yillarning boshlarida sermazmun axborot juda qimmat edi, uni tahlil qilish va tarqatish vositasi esa, mavjud emas edi. Biroq, bugun biz axborotni o‘z vaqtida olishni, u bilan jamoaviy ishlashni va uning asosida qaror qabul qilishni ta’minlaydigan axborotni ishlov berish yangi dasturiy vositalarga va uni etkazib berishning samarali vositalariga egamiz. Ushbu vositalar kuchli (quvvatli) bo‘lishiga qaramasdan, ishlatishda nisbatan oddiydir. Texnologik revolyusiyaga erishish bilan umuman standartlashtirish bu erda katta rol o‘ynadi. Birinchi marta “standart” dasturiy platforma bilan birga qo‘shishda “standart” uskuna iqtisodiy samarali masshtablashni ta’minlaydi, bu esa quvvatli kompyuter tizimini arzon va qulay qiladi. Portativ terminal qurilmalar ko‘pligini tug‘diruvchi mikroprotsessor revolyusiyasi “raqamli formatda” istalgan axbo- rotga ishlov berishni hamma erda bo‘lishiga olib keldi, aloqa tizimlaridagi o‘sishni ko‘rsatadiki, yaqinda ko‘chma raqamli qurilmalar biz bilan hamma erda birga bo‘ladi. Bu qurilmalar boshqa raqamli qurilmalar va boshqa shaxslar bi- lan doimiy aloqani ta’minlaydi, internet - texnologiyalardagi o‘sish asosiy omil bo‘ldi. U istalgan foydalanuvchini umumjahon axborot fazosiga ulanish imkonini ta’minlaydi. Bu hamma o‘zgarishlar jamida ham biznes dunyosini, ham har kungi xayotimizni radikal o‘zgarishiga olib keladi. Lekin bu ishni toza texnologik tomonidir. Kommutatsiya tarmoqdan (nutqli aloqa uchun loyihalashgan) paketli tarmoqqa o‘tishning bosh sabablari iqtisodiy xususiyati bo‘ldi, texnik nuqta nazarida texnologik infratuzilmani unifikatsiya qilish bilan asoslangan. Download 3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling