Hozirgi paytda telekommunikatsiya texnologiyalarining jadal
Control Point Server (SCP)
Download 3 Mb. Pdf ko'rish
|
Kommutatsiya-tizimlari.A.M.EshmurodovA.F.Xaytbayev
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.3. IP- telefoniya standartlari
Control Point Server (SCP): Xizmatlarni boshqarish tuguni,
intellektual tarmoq (IN) ning asosiy tuguni bo‘lib, abonent ma’lumotlari va xizmatlari mantiqini saqlash uchun ishlatiladi. Kelayotgan chaqiruvlarga muvofiq ravishda (bular to‘g‘risida xizmatlar kommutatsiyasi tuguniga xabar beriladi), xizmatlarni boshqarish tuguni SSP xizmatning mos 225 mantiqini ishga tushiradi, ishga tushirilgan xizmat mantiqi asosida foydalanuvchining ma’lumotlar bazasi va xizmatlar ma’lumotlar bazasini izlashni amalga oshiradi, so‘ngra SSP tugunini keyingi amallarini bajarishiga ko‘rsatmalar berish uchun mos xizmatlar komutatsiya tuguniga chaqiruvni boshqaruvchi zarur buyruqlarni yuborishni amalga oshiradi. Shunday qilib turli intellektual chaqiruvlar o‘rnatilishi amalga oshiriladi. 7.3. IP- telefoniya standartlari Axborot almashinuvi turli tarmoq qurilmalari o‘rtasida standart proto- kollarining to‘plami yordamida belgilanadi, standart protokollari muammoning vaqti- vaqti bilan yuzaga keladigan qarorlar uchun yaratiladi. Ushbu protokollar multiservis tarmoqlar elementlari hisoblanadi. Protokollarning o‘zaro ishlash sxemasi 7.4- rasmda keltirilgan. 7.4- rasm. Protokollarning o‘zaro ishlash sxemasi H.323 protokoli ITU - T H.323 standarti chaqiruvlar o‘rnatilishi va paketli tarmoqlar bo‘ylab ovoz va video trafiklar uzatilishi, xususan xizmatlar sifatini (QoS) kafolatlamaydigan Internet va intranet ta’minlanishi uchun ishlab chiqilgan. U IETF guruhi tomonidan ishlab chiqilgan Real - Time Protocol 226 va Real - Time Transport Control Protocol (RTP/RTCP) protokollaridan, shuningdek G.xxx seriyali ITU - T standart kodeklaridan foydalaniladi. H.323 protokoli VoIP texnologiyalarini amalga oshirishda birinchi bo‘lgan, industriya ta’sirida oddiy va yaxshi masshtablangan SIP protokol uchun ishlab chiqilgan IETF pozitsiyasi ustunlik qildi. Biroq, ITU ulanishlarni o‘rnatish tezligini va masshtablashtirishni oshirib, protokolni takomillashtirdi. H.323 protokollar bazasidagi tarmoqlar telefon tarmoqlar bilan integratsiyasiga mo‘ljallangan va ma’lumotlarni uzatish tarmog‘idagi ISDN tarmog‘i kabi ko‘rib chiqilishi mumkin, xususan, IP - telefoniya bunday tarmoqlarda ulanishlarni o‘rnatish protsedurasi Q.323 tavsiyasiga va ISDN tarmoqlarda foydalaniladigan protsedura xuddi shunday bo‘ladi. H.323 tavsiyasi paketlarni kommutatsiya qilish bilan IP - tarmoqlar bo‘yicha nutqli axborotni uzatish uchun mo‘ljallangan protokollarning murakkab to‘plami ko‘zda tutiladi.Uning maqsadi - xizmat ko‘rsatishning kafolatlanmagan sifat bilan tarmoqlardagi multimedia ilovalar ishini ta’minlash hisoblanadi. Nutqli trafiklar axborot va ma’lumotlar bilan birga H.323 ilovalardan biridir. Shuning uchun H.323 bilan turli multimedia ilovalarining moslashuvini ta’minlash muhiti harakatlarni talab qiladi. Masalan, aloqani qayta ulash (call transfer) funksiyasini amalga oshirish uchun alohida spetsifikatsiya H.450.2 talab qilinadi. H.323 tavsiyasida Xalqaro elektraloqa ittifoqi tomonidan tavsiya qilingan IP- telefoniya tarmoqlarining tuzilish varianti mahalliy telefon tarmoqlar operatorlariga mos keladi, ular shaharlararo va xalqaro aloqa xizmatlarini ko‘rsatish uchun paketlarni kommutatsiya qilish bilan (IP- tarmoq) tarmoqdan foydalanishda manfaatdordir. H.323 protokollar turkumiga kiradigan RAS protokoli tarmoq resurslaridan foydalanishni nazorat qilishi, foydalanuvchilarni autintifikatsiya qilinishini ta’minlaydi va xizmatlar uchun to‘lovni to‘lashni ta’minlashi mumkin. Download 3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling