Hozirgi sharoitda yoqilg‘ini sezilarli darajada tejashning ikki yo‘li mavjud: avtomobilni garajda yoping va piyoda yurish yoki avtomobilga avtogaz uskunalari o‘rnatish


Download 0.74 Mb.
bet8/26
Sana14.12.2022
Hajmi0.74 Mb.
#1002522
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
Bog'liq
Hozirgi sharoitda yoqilg‘ini sezilarli darajada tejashning ikki

1.3.Optoelektron datchiklar

Nazorat qilishning optoelektron usullarini ikki xususiyatiga ko’ra klassifikasiyalash mumkin. Optoelektron o’lchov qurilmalari (OO’Q) o’tib boruvchi va qaytuvchi yorug’liklarda ishlashi mumkin [6,7]. Ko’p parametrli murakkab o’lchov qurilmalarida birgalikda o’tuvchi va qaytuvchi bir necha yorug’liklarni ishlashini qo’llash mumkin. Bundan tashqari, tekshirilayotgan ob’ektning o’lchanayotgan parametrlari to’g’risidagi axborotni tashuvchisi sifatida fotopriyomnikga tushayotgan yorug’lik oqimini qo’llash yoki optoelektron juftlik «svetodiod-fotopriyomnik» dan nazorat maydonidagi tasvir yoyilmasini shu maydonning optik bir jinsli emasligidan foydalanib ma’lumot olish mumkin. YOrug’lik oqimidan ajratib olishga asoslangan usullarni – integral, tasvir yoyilmasini qo’llashga asoslangan usullarni esa – skanerlash usullari deb nomlaymiz.


YUqorida aytib o’tilgan xususiyatlariga tayanib optoelektron usullarni quyidagilarga bo’lish mumkin:
1) integral soya; 2) skanerlovchi soya; 3) tirqishga integrallovchi; 4) tirqishga skanerlovchi; 5) nur qaytish integrallovchi; 6) ko’p parametrli usullar.
ISU bilan o’lchovchi har qanday optoelektron qurilmani ishlash jarayoni 2.35-rasmdagi blok-sxema yordamida tushuntirish mumkin. YOrug’lik manbai 1 yorug’lik oqimini hosil qiladi. YOrug’likning F0 ga teng qandaydir qismi cheklagich 2 yordamida kesiladi va fotopriyomnik FP ga jo’natiladi. CHeklovchi element vazifasini fotopriyomnikning yorug’likga sezgir sirtlari chegarasi yoki tiniq bo’lmagan plastinada maydoni a0=dh ga teng tirqish chegaralari bajarishi mumkin. O’lchash ob’ekti (O’O) 3 yorug’lik oqimi F ning yo’liga joylashgan bo’lib, bu oqimning bir qismini berkitib turadi.
SHunday qilib, FFP ga teng bo’lgan F0 oqimning bir qismi fotopriyomnikga tushadi. Bunda FFP ning qiymati nazorat ob’ekti joylashuviga yoki uning o’lchamlariga bog’liq bo’ladi.
Integral soya usuli yordamida nazorat qilinayotgan ob’ektning kesim yuzasini, ko’ndalang chiziqli o’lchamini yoki chetlarining holatini o’lchash mumkin.
O’lchashning uchala usuli xususiyatlarini ko’rib chiqamiz.
Kesim yuzasi ax ni o’lchashda, 2.35.a-rasmda ko’rsatilganidek to’lasicha yorug’lik oqimi F chegaralarida joylashishi kerak. Bunda, ob’ekt 3 tiniq bo’lmagan hol uchun, fotopriyomnikka kelayotgan oqim quyidagi ifoda bilan aniqlanadi
Ffp=F0(1 – ax/a0) (2.3)
Fotopriyomnikka tushayotgan yorug’lik oqimlari Ffp bilan fotopriyomnik chiqishidagi elektr signal Uf orasidagi chiziqli bog’lanishni ta’minlovchi rejimda ishlaganda, quyidagi bog’liqlikga ega bo’lamiz
UF=KnF0(1 – ax/a0) (2.4)
bu erda Kn – mutanosiblik (proporsional) koeffisienti.
6.2 ifodadan, o’lchanayotgan kesim yuzasini elektr signali qiymati bo’yicha aniqlash mumkinligi kelib chiqadi:
(2.5)
bu erda Sa=a0KnF0
Silindr ko’rinishidagi tortilgan ob’ekt 3 ni (masalan, ipni) dx diametrini ISU bilan o’lchashda ob’ekt tirqishga nisbatan ko’rsatilganidek joylashishi kerak. Bu holda biz ax=dxh ga ega bo’lamiz, bu esa (2.3) va (2.5) ifodalardan mos holda quyidagilarni olishga imkon beradi:
FFP=F0(1 – dx/d); Uf=UnF0(1 – dx/d)
Bundan izlanayotgan kattalik dx=d–Cd . Uf aniqlanadi, bu erda Sd=d(KnF0).
Natijada, ISU bilan o’lchanayotgan qo’zg’almas ob’ekt qirralari holati, ya’ni ma’lum bir bazadan o’lchangan lx masofadagi ob’ekt ko’rsatilganidek joylashadi. Agar, nazorat ob’ekti soyasining qirrasi tirqish kengligi bo’yicha to’g’ri chiziq hosil qilsa:

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling