Hozirgi sharoitda yoqilg‘ini sezilarli darajada tejashning ikki yo‘li mavjud: avtomobilni garajda yoping va piyoda yurish yoki avtomobilga avtogaz uskunalari o‘rnatish


Download 0.74 Mb.
bet4/26
Sana14.12.2022
Hajmi0.74 Mb.
#1002522
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Hozirgi sharoitda yoqilg‘ini sezilarli darajada tejashning ikki

1.1.3. Ionizatsion gaz analizatorlari


Ionizatsion gaz analizatorlaridan ‘avodagi zararli moddalarni aniqlashda, shuningdek, portlash xavfi bor gaz aralashmalarini nazorat qilishda foydalaniladi.
Ular ishlash prinsipi bo‘yicha ikki gruppaga: alangali- ionizatsion va aerozolli- ionizatsion gaz analizatorlariga bo‘linadi.
Alangali-ionizatsion gaz analizatorlari organik moddalarning vodorod alangasida ionlashuviga asoslangan. Alangali- ionizatsion o‘zgartkich elektr maydonga joylashtirilgan vodorod goreklasidan iborat. Sof vodorod yonganida ionlar deyarli xosil bo‘lmaydi, shuning uchun sof vodorodning elektr o‘tkazuvchanligi juda ‘am past bo‘ladi. organik moddalarning alangasi paydo bo‘lganida ularning ionlashuvi sodir bo‘ladi va alanganing elektr o‘tkazuvchanligi keskin ortadi.
Bu gaz analizatorining prinsipial sxemasi 2.4. - rasmda keltirilgan. O‘lchash elektrodlaridan biri gorelka 1 bo‘lib, unga manba 4 dan 60-300 V li o‘zgarmas kuchlanish beriladi, gorelka korroziyabardosh po‘lat yoki titandan tayyorlanadi. Ikkinchi (kollektorli deb yuritiladigan) elektrod o‘rnida yupqa devorchali silindr xizmat qiladi, u gorelka 1 bilan o‘qdosh bo‘lib, nodir metallar (platina, oltin, titan) dan tayyorlanadi. O‘zgartkichning ionizatsiya kamerasiga yonishni saqlab turish va vodorodning yonish ma’suloti bo‘lgan suvning kondensatsiyalanishining oldini olish uchun ‘avo kiritib turiladi.
O‘zgartkichda zanjirda ionizatsiya tokining paydo bo‘lishiga reaksiya davomida elektrodlarda musbat va manfiy zaryad eltuvchilarning xosil bo‘lishi sabab bo‘ladi. ionizatsiya tokining 10-7 – 10-8 Adan oshmaydi. Shu munosabat bilan o‘zgartkichning tok signali o‘zgarmas tok kuchaytirgichi 5 ga beriladi. Kuchaytirilgan signal ikkilamchi asbob 6 ga (masalan, avtomatik potensiometrga yoki signalizatsiya qurilmasiga keladi), bu qurilma konsentratsiya berilgan qiymatidan ortib ketganida signal chiqaradi.

1.4.-rasm. Alanga- ionizatsion gaz analizatorining sxemasi.


Aerozolli- ionizatsion gaz analizatorlari gaz analiz qiladigan radioizotopli asboblarga taalluqli bo‘lib, ularda gaz mu’itining fizik parametri-gazlarning elektr o‘tkazuvchanligi, ionizatsiyalovchi nurlanish ta’sirida bo‘lgan gazlarning elektr o‘tkazuvchanligi o‘lchanadi. Bu asboblarda gazning  yoki  aktiv izotop ko‘rinishidagi ichki ionizatsiya manbaiga ega bo‘lgan ionizatsion tok kamerasi sezgirasi element bo‘lib xizmat qiladi. Mu’itning nazorat qilinayotgan komponenti konsentratsiyasining o‘lchovi bo‘lib kameraning elektrodlari orasida ularga kuchlanish berilganda xosil bo‘ladigan ionizatsiya toki ‘izmat qiladi.
Bu gaz analizatorlarining xususiyati shundan iboratki, ularda nazorat qilinayotgan komponent oldin aerozol xolatiga keltiriladi. Bunda xosil bo‘ladigan aerozol zarralari soni nazorat qilinayotgan komponent konsentratsiyasiga proporsional bo‘lib ionizatsiya tokining o‘lchanayotgan kuchining o‘zgarishini aniqlaydi.Aerozol zarralari ta’sirida kamera ionizatsiya toki 1 ning o‘zgarishi quyidagi munosabat bilan ifodalanadi:
J=Joe-CNr,
Bu yerda Jo- kamera aerozol zarralari bo‘lmagandagi boshlanich tok kuchi: N –Brikard doimiysi bo‘lib, uni gaz ionlarining aerozol o‘tirish e’timoli borligi nuqtai nazaridan aniqlanadi: S- gazdagi aerozol zarralarining konsentratsiyasi; -gaz ionlarining kamera ichida «yashash» vaqti bo‘lib, uni ionizatsiya kamerasining konstruksiyasi va elektr maydonining kuchlanishiga qarab aniqlanadi; r- aerozol zarralarining o‘rtacha radiusi.

1.5.-rasm. Aerozol ionizatsion gaz analizatorning sxemasi


1.5.- rasmda aerozolli- ionizatsion gaz analizatorining prinsipial sxemasi ko‘rsatilgan. Nurlanish manbai 1 va ionlar kollektori 3 joylashtirilgan ionizatsion oqim kamerasi 2 ga gaz sarfi uyotgichi bilan analiz qilinayotgan ‘avo so‘rib olinadi. Ayni bir vaqtda kameraga tegishli ximiyaviy reagentning bulari kiritiladi. Kamera ichida ximiyaviy reaksiya sodir bo‘lib, buning natijasida aniqlanayotgan komponent aerozolga aylanadi. Ionizatsiya toki qarshiligi katta nagruzka rezistori Rda kuchlanish tushuvini vujudga keltiradi, bu kuchlanish o‘zgarmas tok kuchaytirgichi 4 da kuchaytiriladi; aerozol zarralarining konsentratsiyasiga ko‘ra o‘zgaradigan ionizatsiya tokining kuchi aniqlanayotgan komponent konsentratsiyasining o‘lchovi ‘isoblanadi. Ikkilamchi asbob 5 aniqlanayotgan komponentning konsentratsiyasini ko‘rsatadi.


Asbobdan ‘avodagi zararli moddalarni, shu jumladan azot oksidlari, vodorod xlorid, ammiak, aminlar va boshqalarni nazorat qilishda foydalanish mumkin. Vazifasiga qarab gaz analizatorlari shkalasining yuqorigi chegarasi aniqlanayotgan komponentning 0,5 dan 50 mg/m3 miqdorida o‘rnatiladi. Asosiy xatolik shkala diapozonining 10-15% i atrofida.



Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling