Hozirgi va qadimgi turkli ellar va elatlarning tillari. Asosan


Urg`u Turkiy tillarda tarixan urg’u qanday holatga ega ekanligi, yechilmagan chigal masalalardan biri hisoblanadi. Tarixiy yozma manbalarda


Download 176.49 Kb.
bet9/15
Sana10.01.2023
Hajmi176.49 Kb.
#1087150
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
kurs ishi turk tili

Urg`u

  • Turkiy tillarda tarixan urg’u qanday holatga ega ekanligi, yechilmagan chigal masalalardan biri hisoblanadi. Tarixiy yozma manbalarda urg’u haqida biror ma`lumot ham mavjud emas. Turkiy tillarda singarmonizm qonuni so’zlarning talaffuzida boshqaruvchi vazifasini bajaradi, urg`u bilan singarmonizm qonuni o`rtasidagi munosabat hanuz ham ochilmagan, turli tillarda singarmonizm qonuni tarixan urg`u bilan moslashib qolgan.

  • Turkiy so’zlarda bosh urg`u qaysi bo`g`inga tushishi masalasida ham turlicha qarashlar uchraydi, ikkinchi darajali urg`u turkiy so`zlarda qaysi pozisiyada uchrashi haqida ham turlicha qarashlar mavjud.

  • Shuningdek, turkiy tillarda urg’uning tarixan qaysi turlari qo’llanilishi masalalari ham to`la aniqlanmagan. Shunga ko’ra, turkolog olimlar tomonidan turkiy so`zlarning qaysi pozitsiyasiga qanday urg`u tushganligi haqida turlicha fikrlar aytilgan. Radlov, Boduen, de. Kurtene Korsh singari turkologlar turkiy tillarda urg’u so’zlarning bosh bo`g’iniga tushganligini ta`kidlashsa, Sevortyan, Shcherbak, Baskakov kabi olimlar urg`uni so`zlarning oxirgi bo’g’iniga tushishini ta`kidlaydilar.

    Bu o‘rinda, turkiy tillarda XX asr boshlarida eng katta til islohotlaridan bu Ozarbayjonda, Turkiyada va O‘rta Osiyo (Markaziy Osiyo) respublikalarida ro‘y berdi. Ozarbayjon va O‘rta Osiyo respublikalaridagi islohot Sovet Ittifoqi markaziy boshqaruvining siyosatiga ko‘ra atigi 10 yil davom etdi. Bunday islohot bir vaqtning o‘zida Turkiyada ham boshlangan edi. Turkiya Vazirlar Mahkamasi 1928-yil 1-noyabr kuni “Turk harflarini qabul qilish va qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi 1353-sonli Qonuni asosida arab yozuvidan lotin yozuviga asoslangan turk alifbosiga o‘tdi. Qonunda barcha yozishmalarni amalga oshirish, hujjatlarni tayyorlash ishlari 1929-yil 1-iyundan, istisno tariqasida ayrim rasmiy va harbiy sohadagi hujjatlar bo‘yicha yozishmalar 1930-yil 1-iyundan e’tiboran lotin yozuviga o‘tishi belgilandi. Shuningdek, Turkiya Respublikasining asoschisi Mustafo Kamol Otaturk tomonidan 1932-yil 12-iyul kunidan e’tiboran “Turk tili tadqiqotlari jamiyati” tashkil qilindi. Jamiyat o‘sha davrning taniqli tilshunos, adabiyotshunos olimlari va yozuvchilaridan iborat jamoa asosida tuzildi. Jamiyatda til islohoti bo‘yicha 6 ta yonalishda, bular lug‘at, grammatika, yozma manba, filologiya-tilshunoslik, etimologiya, nashr-matbaa masalalarida ishlar olib borish belgilandi.
    Ushbu jamiyat 1936-yildan Turk tili muassasi o‘laroq nomlanib, 1981 yilda Otaturk tavalludining 100-yilligi nishonlanishi munosabati bilan “Otaturk nomidagi madaniyat, til va tarix oliy muassasasi” (turkchada – “Atatürk Kültür, Dil ve Tarih Yüksek Kurumu”) deb nomlandi. Ushbu muassasa “Otaturk tadqiqotlar markazi”, “Turk tili muassasasi”, “Turk tarixi muassasasi” va “Otaturk madaniyat markazi”laridan tashkil topgan bo‘lib, nomidan kelib chiqib tadqiqotlar olib borishi belgilangan.

    Download 176.49 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling