Hozirgi zamon mashinasozligida turli yarim avtomatik va avtomatik stanoklar keng qo'llaniladi
Proporsional-differinsial rostlagichlar
Download 230.3 Kb.
|
Hozirgi zamon mashinasozligida turli yarim avtomatik va avtoma
Proporsional-differinsial rostlagichlar.
Agar rostlash ob’ektida yuklanishning o’zgarishi tez va keskin shuningdek, kechikish katta bo’lsa izodrom rostlagichlar talab etilgan rostlash sifatini ta’minlay olmaydi, ya’ni bu holda ularda katta dinamik ha’vo hosil bo’ladi. Rostlash jarayonini parametrning o’zgarish tezligiga bog’liq bo’lgan qo’shimcha kirish signali vositasida yaxshilash mumkin. Kechikishi sezilarli bo’lgan ob’ektlarda texnalogik jarayonlarni rostlash uchun PD- rostlagichlarni ishlatish maqsadga muvofiqdir. Agar differinsial qism rostlovchi ta’sirning boshqa qismlariga qo’shilsa to’g’ri (avvaldan ta’sir), ayrilgan holda esa teskari avvaldan ta’sir bo’ladi. Тo’g’ri avvaldan ta’sir rostlagichi PF2.1 rostlash zanjiriga berilgan kattalikdan parametrning chetga chiqish tezligiga mos ta’sir kiritish uchun mo’ljallangan (9.3-rasm). Siqilgan xajmdagi xavoning kirish signali (rostlagich yoki datchikdan) taqqoslash elementi IV ning V va G kameralariga boradi hamda inersion zveno (rostlanuvchi drossel II va sig’im III) orqali o’sha elementning V kamerasiga berilayotgan ta’minlovchi xavo bosimi bilan muvozanatlashadi. Chiqish kamerasi A kuzatuvchi sistema sxemasi asosida ulangan. Agar parametrning chetga chiqish tezligi nol yoki nola yaqin bo’lsa, taqqoslash elementi IV ning chiqishida kirish signali Rkir kuzatiladi. Agar bosim o’zgara boshlasa, masalan, o’zgarmas tezlikda ortsa, u holda B kameraning oldida drossel-qarshilik II borligi tufayli V va G kamera membranasidagi bosimlar yig’indisi B va A kameraning membranalaridagi kuchlanishdan katta bo’ladi. Natijada taqqoslash elementi IV dagi S1 soplo berkilib, A kamerada bosim keskin oshadi. Chiqishda kirishdagi bosimdan ilgarilovchi signal paydo bo’ladi. Ilgarilash kattaligi kirishda bosimning o’zgarish tezligi va avvaldan ta’sir drosselining qanchalik ochiqligiga bog’lik. Тaqqoslash Download 230.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling