Христианлик дини, моҳияти, мазмуни
Xristianlikning mukaddas kitobi
Download 184.5 Kb.
|
Xristian dini 0
Xristianlikning mukaddas kitobi
Xristianlik dinining ta’limoti «Bibliya» da bayon etilgan. «Bibliya» kitoblar demakdir. U yaxudiylik va xristianlikda mukaddas xisoblangan diniy kitoblar va risolalar majmuasi. Bibliya uz ichiga Tavrot, Zabur va Injilni olgan, Eski axd (Eski vasiyat) va YAngi axd (YAngi vasiyat) deb nomlanuvchi ikki kismdan iborat iloxiy kitobdir. Tavrot va Zabur Bibliyaning Eski axd kismiga kiritilgan bulib, u yaxudiylar va nasroniylar uchun birday iloxiy mukaddas kitob sanaladi. Bibliyaning xristianlik bilan boglik ikkinchi kismi YAngi axd deb yuritilib, unga Injil kiritilgan. YAxudiylar Injilni tan olmaydilar va mukaddas xisoblamaydilar. «Axd» suzi Xudoning insonlar bilan maxsus alokasini, axdlashuvini ifodalaydi. Mazkur dinlarning akidalariga binoan, Bibliya – Xudoning kalomi, barcha insonlarga yullangan, dunyo va odamzodning paydo bulishi va «oxirat» sirini ochib beruvchi mukaddas kitobidir. Uning asosiy mavzusi – yagona Xudoning fazilatlari va insoniyat bilan munosabati xakidadir. Bibliya miloddan avvalgi 8-asr va milodiy 2-asrlar oraligida oromiy va yunon tillarida yozilgan. Bibliya matnlari tadkik etilganda shu narsa tasdiklandiki, ular kariyib ming yil davomida xilma-xil joylarda yaratilgan. Bibliya eng kadimiy adabiy yodgorliklardan biri bulib, diniy pand-nasixatlar, akidalar, bashoratlar, duolar, solnomalar, masallar, xikoyat, rivoyat va maktublardan iborat. Bibliyada, bir yokdan, odamzotning gunoxkor bulib tugilishi, abadiy xalokatga maxkum kilinishi, Xudo tomonidan rad etilishi tugrisida gap ketsa, ikkinchi yokdan, Xudoning gunoxkor insonni kutkarish uchun kanday rejalar tuzgani xakida xikoya kilinadi. Ayniksa, odamlarga najot yulini ochgan Iso Masix tugrisida tulakonli xabar beriladi. Ja’mi kadimiy yaxudiy tilida 66, lotin tilida 70 kitob (bulim)ni uz ichiga olgan Bibliya XIII asrda kardinal Stefan Lengton tomonidan xozirgi kurinishga keltirilgan. Bibliyaning YAngi axd deb ataluvchi kismi Injil 27 kitob (bulim) chadan iborat bulib, unda Iso Masixning dunyoga kelishi, yashashi, ulib keyin tirilishi va ta’limoti bayon kilingan. Injilni Iso Masixning 12 shogirdi va safdoshi apostollar ya’ni xavoriylar paygambar ulimidan keyin 1-2 asrlarda yozib kitob xoliga keltirganlar. Matto, Luka, Mark va YUxanno kabi aposto(xavoriy)lar yozgan 4ta Injil kitobi: Evangeliya (xushxabar), xavoriylarning amallari, 21 risolasi va Ioann «Vaxiynoma» si milodiy 313 yilda Papa Buyuk Konstantinning buyrugiga muvofik kabul kilingan. Download 184.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling