Hujayra va uning hususiyatlari


Hujayra qobig'i hujayrani atrofidan o'rab turuvchi biologik membranadir


Download 0.6 Mb.
bet3/8
Sana29.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1138653
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Hujayra va uning hususiyatlari

Hujayra qobig'i hujayrani atrofidan o'rab turuvchi biologik membranadir.

  • Bu hujayra qobig'i murakkab tuzilishga ega bo'lgan 3 zonadan (qavat): tashqi, o'rta va ichki zonalardan tashkil topgan.

  • Sitolemmaning tashqi zonasi glikokaliks deb nomlanib, oqsil va karbon suvlardan; o'rta zonasi lipoproteidlardan; ichki zonasi esa o'rta zonaga tegib turuvchi sitoplazmaning yupqa qavatidan iboratdir.

  • Elektron mikroskopik tekshirishlar plazmatik membrananing nafaqat har xil hujayralarda, balki bir hujayraning o'zida ham murakkab tuzilishga ega ekanligini ko'rsatib berdi. Hujayra qobig'ining maxsus stukturalarini har xil bo'lganligi uchun, hujayraning qaysi qismida joylashganligiga qarab ular uchta asosiy turga bo'linadilar:

  • A). Hujayra ustki yuzasining maxsus strukturalariga mikrovorsinkalar, kipriklar misol bo'ladi.

  • B). Qo'shni hujayralar yon yuzasidan maxsus tuzilmalar, oddiy va zich birikishlar, desmosomalar tirqishli tutatishlar, sinapslar va sinaptik birikishlar, interdegitasiyalar kiradilar.

  • V). Bazal plazmatik membrananing maxsus tuzilmalari: burmalar, gemidesmasomalar va boshqalar.

  • Hujayra organellalari ikki xil bo'lib, bularga doimiy va maxsus organellalar kiradi. Hujayraning doimiy organellalar maxsus tuzilishga ega bo'lib, ma'lum bir vazifalarni bajaradilar. Bularga mitoxondriyalar, endoplazmatik to'r, ribosoma, polisoma, Goldjining kopleksi, lizasoma, mikronaycha, sentrasoma, peroksisoma va fibrillyar tuzilmalar kiradi. Organellalar tuzilishiga qarab membranali va membranasiz hujayra organellalariga bo'linadi.

    • Membranali hujayra organellalariga mitoxondriya, endoplazmatik to'r, plastinkasimon kompleks (Goldji kompleksi) lizasoma va peroksisomalar kiradi, chunki, ularning tuzilishida elementar biologik membrana ishtirok etadi.

    • Membranalar asosan oqsil, lipid va suvdan tashkil topgan bo'lib, bu hujayraning ichki tuzilmalarining membranalari oqsil va lipid tarkibining o'zgarishi bilangina farqlanmasdan, ularning tarkibiga kiruvchi molekulalarning joylashishi va ultrastrukturasi bilan ham farqlanadi. Membrananing bunday o'ziga xos tuzilishi ularning funksiyasi bilan bog'liqdir. Membranasi bo'lmagan hujayra organellalariga ribosoma, polisoma, mikronaycha, senrosoma, kiprikchalar, xivchin va fibrillyar tuzilmalar kirib, turli xil tuzilishga ega va spesifik funksialarni bajaradilar.


    • Download 0.6 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling