Hujayralararo modda hujayralar orasida joylashgan bo'lib, suyuq holda yoki dirildoq yoxud zich konsistensiyaga ega bo'lgan asosiy modda va turli tolalardan tashkil topgan.
Odam va hayvon organizmidagi hujayralarning razmerlari va shakllari, tuzilishlari turli tuman bo'lib, ularning funksiyalariga bog'liqdir.
Masalan: Epiteliy hujayralari bir-biriga yaqin plast hosil qilib joylashganligi sababli ma'lum shaklga ega, mushak hujayralari esa uzun duksimon shaklda bo'ladilar. Impuls o'tkazuvchi nerv hujayralari esa uzun-uzun o'simtalarga ega bo'ladilar. Odam va sut emizuvchi hayvonlarning hujayralari 7 mkm (mikrometr)dan 200 mkmgacha bo'ladi. Odam organizmida o'rtacha 1014 hujayralar mavjuddir. Barcha tirik organizmlar bir hujayrali va ko'p hujayralilarga bo'linadilar.
Har bir hujayra hujayra qobig'i (sitolemma) sitoplazma va yadrodan tashkil topgan.
Himyoviy analiz orqali hujayra takibida atmosfera va yer qobig'ida keng tarqalgan moddalar borligi aniqlangan. Odam organizmining 96%- 4 xil elementlardan: uglerod, vodorod, kislorod va azotdan tashkil topgandir. Kalsiy, fosfor, kaliy va oltingugurt esa odam tanasining-3%ni tashkil qiladi. Oz miqdorda natriy, xlor, yod, temir, magniy, mis, marganes, kobalt, ruh va boshqa mikroelementlar ham bo'ladi.
Hujayralarning hayotiy hususiyatlari, ularning tarkibidagi oqsilga bog'liqdir.
Hujayra qo'yidagi ximiyoviy komponentlardan tuzilgan. Oddiy va murakkab oqsillar, fermentlar, ёg'lar, uglevodlar (karbon suvlar, suv va neorganik tuzlar). Shunday qilib, hujayra murakkab ximiyoviy tuzilishga ega bo'lib, uning tarkibidagi moddalar doimiy harakatda bo'ladi va bu harakat uning modda almashinuvi bilan ifodalanadi
Hujayraning assoy tarkibiy qismiga hujayra qobig'i, sitoplazma va yadro kiradi
Hujayra tashqi muhitdan sitoplazmatik membrana- parda (hujayra qobig'i) bilan ajralgan bo'lib, yadrodan tashqari hujayra ichidagi tuzilmalarning hammasi sitoplazma deb nomlanadi. Eukariotik hujayralar sitoplazmasining tuzilishi va tarkibi turlicha bo'lib, hujayra organellari kiritmalar va gialoplazmalardan tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |