Hujjat kuchini yo‘qotgan " "


-modda. Chegara vakillari


Download 175 Kb.
bet6/17
Sana11.10.2023
Hajmi175 Kb.
#1697752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Chegara qonuni

17-modda. Chegara vakillari
Davlat chegarasi rejimiga rioya etilishiga doir masalalarni hal qilish, chegara nizolarini tartibga solish maqsadida Davlat chegarasining muayyan uchastkalariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining raisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining chegara vakillari tayinlanadi.
(17-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi O‘RQ-522-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Chegara vakillarining vakolatlari va faoliyat ko‘rsatish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi va chet el davlatlari harbiy havo kemalarining, boshqa harbiy obyektlar yoki harbiy xizmatchilarning xatti-harakatlari bilan bog‘liq bo‘lgan chegara nizolari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi vakillari ishtirokida hal etiladi.
Chegara vakillari yoki O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi vakillari hal eta olmagan masalalar va nizolar diplomatik tartibda hal qilinadi.
III. ChEGARA OLDI REJIMI
18-modda. Chegara oldi rejimini belgilash
Chegara oldi rejimi chegara oldi zonasiga kirish (undan o‘tish), u erda bo‘lish (yashash), harakatlanish hamda ishlar bajarish tartibini belgilovchi qoidalar majmuini o‘z ichiga oladi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Chegara oldi zonasida chegara oldi rejimiga rioya etilishi ustidan nazorat qilish chegara qo‘shinlari va ichki ishlar organlari zimmasiga ularning vakolat doirasida yuklanadi.
19-modda. Chegara oldi zonasi va chegara oldi mintaqasi
Chegara oldi zonasi va chegara oldi mintaqasi Davlat chegarasi rejimini ta’minlash uchun belgilanadi.
Chegara oldi zonasi — Davlat chegarasiga tutash hududning bir qismi bo‘lib, uning doirasida chegara oldi rejimi joriy etiladi.
Chegara oldi zonasi Davlat chegarasiga tutash tuman, shahar, shaharcha, qishloq, ovul hududi doirasida belgilanadi. Chegara oldi zonasi tarkibiga bunday mintaqa belgilangan joydagi O‘zbekiston Respublikasining ichki suvlari, chegara bo‘yi daryolari, ko‘llari va boshqa suv havzalari suv qismi hamda shu suvlarda joylashgan O‘zbekiston Respublikasi orollari ham kiritiladi.
Chegara oldi mintaqasi — chegara oldi zonasining Davlat chegarasi chizig‘iga bevosita tutash qismidir.
Chegara oldi mintaqasi bevosita Davlat chegarasi bo‘ylab, uning quruqlik uchastkalarida yoki chegara bo‘yi daryolari, ko‘llari va boshqa suv havzalari qirg‘og‘i bo‘ylab o‘tkaziladi.
Chegara oldi mintaqasida chegara qo‘shinlari tomonidan kirish va chiqish (o‘tish), bo‘lish (yashash), shaxslar va transport vositalari harakatlanishiga oid qo‘shimcha rejim qoidalari belgilanadi.
Chegara oldi zonasi va chegara oldi mintaqasini belgilash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Download 175 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling