Hujjat kuchini yo‘qotgan " "


-modda. Davlat chegarasini belgilash, o‘zgartirish, himoya qilish va qo‘riqlash tadbirlarining moliyaviy hamda moddiy-texnikaviy ta’minoti


Download 175 Kb.
bet3/17
Sana11.10.2023
Hajmi175 Kb.
#1697752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Chegara qonuni

7-modda. Davlat chegarasini belgilash, o‘zgartirish, himoya qilish va qo‘riqlash tadbirlarining moliyaviy hamda moddiy-texnikaviy ta’minoti
Davlat chegarasini belgilash, o‘zgartirish, himoya qilish va qo‘riqlash tadbirlarini moliyaviy ta’minlash davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Davlat chegarasini belgilash, o‘zgartirish, himoya qilish va qo‘riqlash tadbirlarini moddiy-texnikaviy ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan normalarda va tartibda amalga oshiriladi.
II. DAVLAT ChEGARASI REJIMI
8-modda. Davlat chegarasi rejimini belgilash
Davlat chegarasi rejimi:
Davlat chegarasini jihozlash va uni asrash ustidan nazorat qilish;
Davlat chegarasining shaxslar va transport vositalari tomonidan kesib o‘tilishi;
Davlat chegarasi orqali tovarlar, boshqa mol-mulk va hayvonlarni olib o‘tish;
Davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari, tovarlar, boshqa mol-mulk va hayvonlarni o‘tkazish;
Davlat chegarasida yoki uning yaqinida xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyat yuritish tartibini belgilovchi qoidalar majmuidan iborat.
Davlat chegarasi rejimi ushbu Qonun bilan, boshqa qonunchilik hujjatlari hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi.
(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 504-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi to‘g‘risida nizom.
9-modda. Davlat chegarasini jihozlash va uni asrash ustidan nazorat qilish
Davlat chegarasini jihozlash chegara belgilarini, tozalash mintaqalarini bunyod etish, saqlash va soz holda bo‘lishini ta’minlashdan, ularni nazorat tarzida ko‘zdan kechirib turishdan, shuningdek qo‘shni davlatlar bilan birgalikda Davlat chegarasi chizig‘ining o‘tishini tekshirib turishdan iborat.
Davlat chegarasini jihozlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qo‘shinlariga (bundan buyon matnda chegara qo‘shinlari deb yuritiladi) Davlat chegarasi chiziqlariga bevosita tutash yer uchastkalari qonunchilikda belgilangan tartibda doimiy foydalanish uchun ajratiladi.
(9-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 175 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling