Hujjat kuchini yo‘qotgan " "


-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxona, muassasa va tashkilotlarning Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlashdagi ishtiroki


Download 175 Kb.
bet14/17
Sana11.10.2023
Hajmi175 Kb.
#1697752
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Chegara qonuni

37-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxona, muassasa va tashkilotlarning Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlashdagi ishtiroki
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar:
chegara qo‘shinlariga, Havo hujumiga qarshi mudofaa qo‘shinlariga, shuningdek Davlat chegarasida nazoratni amalga oshiruvchi davlat boshqaruv organlariga ko‘maklashadilar, ularga zarur axborot taqdim etadilar;
Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlashda fuqarolar ixtiyoriy asosda ishtirok etishlari uchun sharoit yaratadilar.
38-modda. Fuqarolarning Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlashdagi ishtiroki
Fuqarolar chegara qo‘shinlariga ko‘maklashuvchi otryadlar tarkibida va boshqa shakllarda chegara oldi hududi doirasida Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlashda ixtiyoriy asosda ishtirok etadilar.
Fuqarolarning Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlashda ishtirok etishi tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlariga ko‘maklashuvchi “Chegara posbonlari” otryadlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 35-son qarori.
VI. ChEGARA QO‘ShINLARI VA HAVO HUJUMIGA QARShI MUDOFAA QO‘ShINLARINING DAVLAT ChEGARASINI HIMOYA QILISh VA QO‘RIQLAShGA OID VAKOLATLARI
39-modda. Chegara qo‘shinlarining huquqlari
Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash chog‘ida chegara qo‘shinlari quyidagi huquqlarga ega:
belgilangan tartibda o‘zlariga berilgan yer uchastkalarida zarur muhandislik-texnika inshootlari qurish, aloqa liniyalari va kommunikatsiyalar qurilishini amalga oshirish, texnika va qurol-yarog‘larni joylashtirish hamda ulardan foydalanish;
joylarning har qanday uchastkalarida chegara naryadlarini joylashtirish hamda harakat qilish, transport vositalarini chegara naryadlari bilan kuzatib borish, transport vositalarini belgilangan tartibda ko‘zdan kechirish;
qo‘shinga oid, razvedka, kontrrazvedka, tezkor-qidiruv faoliyatni hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa faoliyatni amalga oshirish;
Davlat chegarasi rejimini, chegara oldi rejimini yoki Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlaridagi rejimni buzgan shaxslarni qonunchilikda belgilangan tartibda ma’muriy tartibda ushlash;
ma’muriy tartibda ushlangan, shuningdek jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib ushlangan shaxslarni maxsus jihozlangan joylarda qonunchilikda belgilangan tartibda saqlash;
(39-modda birinchi qismining to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
chegara qo‘shinlari bo‘linmalariga shaxslarni taklif etish va ularga ma’lum bo‘lgan Davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish yoki Davlat chegarasi rejimini, chegara oldi rejimini yoki Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlaridagi rejimni boshqa tarzda buzish holatlari to‘g‘risida ulardan tushuntirishlar olish. Zarur hollarda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qoidabuzarlik holatlari to‘g‘risidagi tushuntirishlar boshqa joylarda ham olinishi mumkin;
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat chegarasi orqali o‘tayotgan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kirish yoki undan chiqish huquqi to‘g‘risidagi hujjatlarini tekshirish, ularga tegishli belgilar qo‘yish, zarurat bo‘lganda bu hujjatlarni belgilangan tartibda olib qo‘yish, O‘zbekiston Respublikasiga kirish yoki undan chiqish huquqini beruvchi haqiqiy hujjatlari bo‘lmagan shaxslarni ular hujjatlarini lozim darajada rasmiylashtirgunga yoki chet elda bo‘lgan chog‘ida hujjatlarini yo‘qotganlik holatlari aniqlangunga yoki ularning shaxsi aniqlangunga qadar Davlat chegarasi orqali o‘tkazmaslik, shuningdek O‘zbekiston Respublikasidan chiqishi uchun vaqtinchalik cheklash belgilangan shaxslarni Davlat chegarasi orqali o‘tkazmaslik;
(39-moddaning birinchi qismi sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
manfaatdor organlar va transport tashkilotlari bilan hamkorlikda Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida transport vositalari to‘xtash (to‘xtab turish) joylari va muddatlarini belgilash;
chegara oldi qidiruvlari va operatsiyalari o‘tkazilayotgan vaqtda odamlarning sog‘lig‘i va hayotini himoya qilish maqsadida joylarning ayrim uchastkalarida shaxslar va transport vositalari harakatini cheklash yoki man etish, zarur hollarda fuqarolarni bunday yerlarga kiritmaslik, ulardan o‘sha joyda turishni yoki bu uchastkalardan chiqib ketishni talab qilish;
Davlat chegarasi uchun tahdid tug‘ilgan paytda uning ayrim uchastkalarida fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, manfaatdor korxona, muassasa, tashkilotlarni ogohlantirgan holda har xil ishlar olib borishni vaqtincha cheklab qo‘yish, mudofaa ahamiyatiga molik ishlar yoki tabiiy ofat yoxud o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning oldini olish va oqibatlarini tugatish bilan bog‘liq ishlar bundan mustasno;
O‘zbekiston Respublikasi hududiga bostirib kirishni daf etish, chegara oldi qidiruvlarini o‘tkazish, huquqbuzarlik sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni ushlab kelish chog‘ida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining va, alohida hollarda, fuqarolarning aloqa, transport vositalaridan foydalanib qilingan xarajatlar va yetkazilgan zararni egalariga belgilangan tartibda qoplash. Ushbu huquq diplomatik, konsullik, chet el davlatlarining boshqa vakolatxonalariga va xalqaro tashkilotlarga tegishli aloqa va transport vositalariga tatbiq etilmaydi.
Chegara qo‘shinlari qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham egadirlar.
(39-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 175 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling