Hujjat kuchini yo‘qotgan " "


-modda. Havo hujumiga qarshi mudofaa qo‘shinlarining havo bo‘shlig‘ida Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash bo‘yicha majburiyatlari


Download 175 Kb.
bet16/17
Sana11.10.2023
Hajmi175 Kb.
#1697752
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Chegara qonuni

42-modda. Havo hujumiga qarshi mudofaa qo‘shinlarining havo bo‘shlig‘ida Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash bo‘yicha majburiyatlari
Havo hujumiga qarshi mudofaa qo‘shinlari Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash paytida quyidagilarga majburdirlar:
havo kemalari va boshqa uchish apparatlari Davlat chegarasini kesib o‘tish qoidalariga rioya etishi ustidan nazorat qilishga;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan yoki havo bo‘shlig‘idan foydalanish tartibini buzgan havo kemalari va boshqa uchish apparatlarining O‘zbekiston Respublikasi hududida parvozini belgilangan tartibda to‘xtatishga;
fors-major vaziyati hollarida havo kemalari va boshqa uchish apparatlariga yordam ko‘rsatishga.
43-modda. Qurol va harbiy texnikani qo‘llash
Chegara qo‘shinlari, Havo hujumiga qarshi mudofaa qo‘shinlari Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash paytida quyidagi maqsadlarda qurol va harbiy texnikani qo‘llaydilar:
O‘zbekiston Respublikasi hududiga qurolli bostirib kirishni daf etish;
Davlat chegarasidagi harbiy fitnalarning oldini olish;
transport vositalarini yo‘lovchilarsiz chet elga olib qochishga urinish hollarining oldini olish.
Qurol va harbiy texnika Davlat chegarasini buzuvchilar kuch ishlatgan hollarda ularga qarshi javob sifatida yoki qoidabuzarlikning oldini olish yoxud qoidabuzarlarni boshqa vositalar bilan ushlashning iloji bo‘lmagan hollarda ham qo‘llaniladi.
Zarur hollarda Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari boshqa qo‘shinlarining qurol va harbiy texnikasi qo‘llanilishi mumkin.
Qurol va harbiy texnikani qo‘llash tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(43-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
44-modda. Maxsus vositalarni qo‘llash
Davlat chegarasida huquqqa xilof xatti-harakatlarni bartaraf etish maqsadida qonunchilikda belgilangan tartibda maxsus vositalar qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yiladi.
(44-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 175 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling