Hujjat kuchini yo‘qotgan " "


-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash sohasidagi vakolatlari


Download 175 Kb.
bet10/17
Sana11.10.2023
Hajmi175 Kb.
#1697752
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
Chegara qonuni

29-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash sohasidagi vakolatlari
(29-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi O‘RQ-522-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati:
(29-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi O‘RQ-522-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash sohasidagi davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Davlat chegarasi himoya qilinishi va qo‘riqlanishini ta’minlaydi;
chegara qo‘shinlarini boshqarishni amalga oshiradi;
davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib turadi;
Davlat chegarasi xavfsizligiga tahdidlar to‘g‘risida belgilangan tartibda axborot taqdim etadi;
razvedka, kontrrazvedka va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiradi;
belgilangan tartibda kontrabandaga qarshi kurash choralarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash sohasida boshqa davlatlarning tegishli chegara idoralari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
Davlat chegarasi chizig‘ining o‘tishini belgilashda ishtirok etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlashga doir qismini shakllantirish yuzasidan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi muhokamasiga kiritadi;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(29-moddaning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 175 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling