Hujjat kuchini yo‘qotgan " "


-modda. Davlat chegarasida nazoratni amalga oshiruvchi boshqa davlat boshqaruvi organlarining vakolatlari


Download 175 Kb.
bet13/17
Sana11.10.2023
Hajmi175 Kb.
#1697752
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Chegara qonuni

35-modda. Davlat chegarasida nazoratni amalga oshiruvchi boshqa davlat boshqaruvi organlarining vakolatlari
Davlat chegarasida sanitariya-karantin tekshiruvi, veterinariya, fitosanitariya nazoratini hamda nazoratning boshqa turlarini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlari:
(35-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
shaxslar, transport vositalari, tovarlar, boshqa mol-mulk va hayvonlar Davlat chegarasi orqali o‘tkazilishida o‘z vakolatlari doirasida ishtirok etadilar;
zarur hollarda Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida o‘z xizmatlarini tuzadilar va ular ishini tashkil qiladilar;
Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlashda chegara qo‘shinlariga o‘z vakolatlari doirasida ko‘maklashadilar;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.
(35-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
36-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
Davlat chegarasini qo‘riqlash uchun qonunchilikka muvofiq sharoit yaratib beradilar;
(36-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat chegarasi ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda yer uchastkalari beradilar, ulardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiradilar;
Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlashda fuqarolar ixtiyoriy asosda ishtirok etishlariga ko‘maklashadilar;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.
(36-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 175 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling