Hujjat kuchini yo‘qotgan " "


-modda. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash sohasidagi vakolatlari


Download 175 Kb.
bet11/17
Sana11.10.2023
Hajmi175 Kb.
#1697752
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
Chegara qonuni

30-modda. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlashni tashqi siyosiy va xalqaro-huquqiy jihatdan ta’minlashni amalga oshiradi;
Davlat chegarasini va uning rejimini belgilash bo‘yicha muzokaralar olib boradi, zarur hujjatlar va materiallar tayyorlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kirishi va O‘zbekiston Respublikasidan chiqishi huquqini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtiradi;
Davlat chegarasi rejimiga rioya etish masalalarini, chegara nizolarini belgilangan tartibda hal etadi;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(30-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2004-y., 25-son, 287-modda)
32-modda. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi:
havo bo‘shlig‘ida Davlat chegarasi himoya qilinishi va qo‘riqlanishini amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari qonunchilikda belgilangan tartibda Davlat chegarasini himoya qilishda ishtirok etishini ta’minlaydi;
(32-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
o‘z vakolatlari doirasida havo bo‘shlig‘ida yuzaga kelgan chegara nizolarini hal etadi;
Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash tadbirlari resurs va boshqa jihatdan ta’minlanishida chegara qo‘shinlariga belgilangan tartibda ko‘maklashadi;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(32-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 175 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling