Hujjat kuchini yo‘qotgan " "


-modda. Chegara qo‘shinlarining majburiyatlari


Download 175 Kb.
bet15/17
Sana11.10.2023
Hajmi175 Kb.
#1697752
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Chegara qonuni

40-modda. Chegara qo‘shinlarining majburiyatlari
Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash chog‘ida chegara qo‘shinlari quyidagilarga majbur:
Davlat chegarasi chizig‘ining joylarda huquqqa xilof tarzda o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘ymaslikka;
Davlat chegarasida harbiy va boshqa fitnalarning oldini olishga;
Davlat chegarasini noqonuniy ravishda kesib o‘tilishiga yo‘l qo‘ymaslik, Davlat chegarasini buzuvchilarni aniqlash va ushlashga;
Davlat chegarasi rejimiga, chegara oldi rejimiga va Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlaridagi rejimga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirishga;
shaxslar, transport vositalari, tovarlar, boshqa mol-mulk va hayvonlarning Davlat chegarasi orqali belgilangan tartibda o‘tkazilishini amalga oshirishga;
Davlat chegarasi orqali olib o‘tilayotgan kontrabanda narsalarini hamda boshqa noqonuniy ravishda olib o‘tilayotgan tovarlar, boshqa mol-mulk va hayvonlarni, shuningdek transport vositalarini aniqlash va belgilangan tartibda ushlab qolishga;
Davlat chegarasi rejimini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olishga.
Chegara qo‘shinlari qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham ega.
(40-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
41-modda. Havo hujumiga qarshi mudofaa qo‘shinlarining havo bo‘shlig‘ida Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash bo‘yicha huquqlari
Havo hujumiga qarshi mudofaa qo‘shinlari havo bo‘shlig‘ida Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash paytida quyidagi huquqlarga ega:
Davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish tahdidi paydo bo‘lgan yoki noqonuniy kesib o‘tilgan paytda O‘zbekiston Respublikasi havo bo‘shlig‘idagi havo kemalari va boshqa uchish apparatlarini aniqlash uchun o‘zlarida mavjud vositalardan foydalanish;
vaziyatni aniqlash hamda havo bo‘shlig‘ida Davlat chegarasi noqonuniy kesib o‘tilishining oldini olish yoki bartaraf etish chorasini ko‘rish uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari boshqa turlari, davlat organlari kuchlari va vositalarini belgilangan tartibda jalb etish;
Davlat chegarasini havo bo‘shlig‘ida noqonuniy kesib o‘tish tahdidi paydo bo‘lgan yoki noqonuniy kesib o‘tilganda yoxud parvozlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi havo bo‘shlig‘ining ayrim rayonlarida havo kemalari va boshqa uchish apparatlari parvozini man etish yoki cheklash;
O‘zbekiston Respublikasi havo bo‘shlig‘ida Davlat chegarasi noqonuniy kesib o‘tilishi holatlarini aniqlashda ishtirok etish.

Download 175 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling