Hujjat matni 537266-(551546)


Biriktirilgan shahar va tumanlar


Download 412.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/92
Sana28.12.2022
Hajmi412.36 Kb.
#1012420
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   92
Bog'liq
funkcional-vazifalar-2022-j

Biriktirilgan shahar va tumanlar:


e-qaror.gov.uz
11.04.2022
9
1. Angren shahri
2. Olmaliq shahri
3. Ohangaron shahar
4. Nurafshon shahar
5. Ohangaron tumani
6. Oʻrta Chirchiq tumani
Quyidagi viloyat boshqarma va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va hamkorlikda ish olib boradi:
- Viloyat qurilish bosh boshqarmasi;
- Viloyat yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi;
- "Yagona buyurtmachi xizmati" injiniring kompaniyasi;
- Viloyat davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyasi;
- Qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish viloyat hududiy konsalting markazi;
- Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi viloyat boshqarmasi;
- “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi “Toshkenttelekom” mintaqaviy filiali;
- “Qishloq qurilish invest” MCHJ ixtisoslashtirilgan shoʻba injiring kompaniyasi viloyat filiali;
Doimiy komissiya va Kengashlarga aʼzolik:
Toshkent viloyati hokimligi qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha kotibiyati bosh mutahassisi
Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari
22. Bosh mutaxassis Toshkent viloyati hokimining kapital qurilish va kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari va Kotibiyat mudirining koʻrsatmasi va topshiriqlariga asosan ishni tashkil etadi va quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi hamda topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular boʻyicha tahliliy materiallarni va takliflarini tayyorlaydi, shuningdek ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
zarur tarzda kelishilishini taʼminlaydi;
materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Kotibiyat mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Toshkent viloyati hokimining kapital qurilish va kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosariga axborot beradi;
qabul qilingan xujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, biriktirilgan sohalar boʻyicha tegishli boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi va hokimning
hujjatlari bajarilishini tahlil qiladi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi;
viloyat hokimi va Toshkent viloyati hokimining kapital qurilish, va kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan oʻtkaziladigan majlislarga, shu jumladan har haftalik apparat yigʻilishlariga va oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha
komissiyalar majlislariga materiallar tayyorlaydi va belgilangan tartibda ishtirok etadi;
kapital qurilishni tashkil etish va pudrat ishlari dasturlarini amalga oshirish;
pudrat tashkilotlarini mutanosib rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
qurilish industriyasini va qurilish materiallari sanoatini rivjlantirish.
Faollar yigʻilishlari materiallarini tayyorlash va uni maromida oʻtishini taʼminlaydi.
Yigʻilish bayoni qarorlarida belgilangan topshiriqlarni bajarilishini nazorat qiladi.
“Viloyat yoʻlovchi transportlarining ishlarini boshqarish”, viloyat hokimligi huzuridagi “Yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash” va “Shaharsozlik Qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish” viloyat komissiyalari ishini muvofiqlashtiradi.
Kotibiyatning oylik va haftalik ish rejalari asosida ish yuritadi.
Viloyatda chop etiladigan roʻznomalardagi materiallar bilan doimiy tanishib boradi va zarur boʻlganda chop etilgan materiallar yuzasidan takliflar kiritadi.
Majmuaga tegishli tashkilotlarni faoliyatini tahlil qiladi va ularning muammolarini yechimida ishtirok etib kotibiyat mudiriga takliflar tayyorlaydi:
Kotibiyatning ish rejasida belgilangan tadbirlarni ijrosi yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Kotibiyat faoliyatiga aloqador boʻlgan tashkilotlarni faoliyatini tahlil qiladi va ularning muammolarini yechimi yuzasidan Kotibiyat mudiriga axborot beradi;
jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan ariza, shikoyat va takliflarni oʻrganib chiqib, ularni oʻz vaqtida, toʻgʻri va qonuniy hal qiladi, natijasi haqida Kotibiyat mudiriga axborot beradi;
Kotibiyat tomonidan murojaatlar qonuniy xal etilishi ustidan monitoring olib boradi, natijalarini har olti oyda umumlashtiradi;
Kotibiyat faoliyatiga doir qaror, farmoyish va boshqa hujjatlarning loyihasini tayyorlaydi;
Kotibiyat faoliyatiga doir tegishli topshiriqlarini ijrochilarga yetkazilishini hamda Kotibiyat faoliyatiga oid masalalar boʻyicha tegishli idoralar bilan aloqani taʼminlaydi;
Kotibiyat faoliyatiga doir barcha masalalar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi;
Toshkent viloyati hokimining kapital qurilish va kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari va Kotibiyat mudirining topshiriqlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
23. Kotibiyat mudiri yoʻqligida Kotibiyat ishini tashkil etadi va vaqtinchalik Kotibiyatga boshchilik qiladi.
24. Toshkent viloyati hokimining hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Download 412.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling