e-qaror.gov.uz
11.04.2022
22
a) vazifalari:
viloyat hokimining Oʻzbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari,
farmoyishlari
va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariva farmoyishlarida belgilangan vakolatlari amalga oshirilishini davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda taʼminlash choralarini koʻradi;
ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining
hujjatlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, shuningdek Xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimining hujjatlari bajarilishi holatini oʻrganish chora-tadbirlarini
amalga
oshiradi;
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimiga kiritilgan hujjatlar ijrosining monitoringini yuritadi, har haftaning dushanba kuni viloyat hokimi, juma kuni viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari huzurida muhokama qilish uchun tahliliy
hujjatlarni
taqdim etadi;
viloyat hokimligiga kelib tushgan hamda viloyat hokimi tomonidan "Collective.uz" axborot almashish tizimi orqali ijroga yuborilgan hujjatlar bajarilishini tizim orqali nazoratga oladi, muddati oʻtkazilib bajarilmagan topshiriqlar boʻyicha masʼul ijrochilarga
maʼlumotlarni (eslatma) berib boradi;
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti Administratsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Ijro intizomi nazorati boʻlimi toʻgʻrisidagi Nizomga va hokimning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: