Hujjat matni 537266-(551546)
Download 412.36 Kb. Pdf ko'rish
|
funkcional-vazifalar-2022-j
b) funksiyalari:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlik zimmasiga yuklatilgan tegishli vazifalarni bajarish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi; Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishi yuzasidan hokimlik apparatining tegishli boʻlinmalari bilan birgalikda tizimli nazoratni tashkil etadi, ularning bajarilishini taʼminlash boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni va nazorat rejalarini ishlab chiqilishini nazorat qiladi; viloyat hokimligining ish rejasiga Ijro intizomi nazorati boʻlimi yoʻnalishi boʻyicha masalalarga doir takliflarni kiritadi; jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniyva yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq koʻrib chiqadi; Ijro intizomi nazorati boʻlimi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi. v) huquqlari: hokimlikda koʻrib chiqiladigan tegishli masalalarni tahlil qilish va ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalaridan, shaharlar va tumanlar hokimliklaridan, boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish; zarurat boʻlganda, hokimlikda koʻrib chiqiladigan tegishli masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek viloyat hokimining hujjatlari loyihalarini tayyorlash uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlariva xodimlarini taklif etish; davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlar rahbarlariga tezkorlik bilan hal etishni talab qiladigan hamda boshqaruv apparatiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan masalalar boʻyicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish; davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlarning normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning, viloyat hokimining hujjatlari va topshiriqlari, uning oʻrinbosarlari topshiriqlari bajarilishi yuzasidan ishlarini belgilangan tartibda oʻrganish. Download 412.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling