Hujjat matni 537266-(551546)
Biriktirilgan shahar va tumanlar
Download 412.36 Kb. Pdf ko'rish
|
funkcional-vazifalar-2022-j
Biriktirilgan shahar va tumanlar:
Angren, Bekobod, Olmaliq, Ohangaron, Nurafshon, Chirchiq, Yangiyoʻl shaharlari, Bekobod, Boʻka, Boʻstonliq, Zangiota tumanlari Toshkent viloyati hokimligi Ijro intizomi nazorati boʻlimi 1-toifali mutaxassisi Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF-6166-son Farmoni hamda 2021-yil 31-maydagi “ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5132- son, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ–2881-son qarorlari shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi holati monitoringini yuritadi. Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va Hukumat qarorlarining bajarilishi yuzasidan 1-va 2-jadvallar boʻyicha hisobotlarni har oy yakunlari boʻyicha tumanlar va shaharlar hokimliklaridan qabul qilib oladi. Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va Hukumat qarorlarining bajarilishi yuzasidan 3-va 4-jadvallar boʻyicha hisobotlarni har chorakda Vazirlar Mahkamasiga taqdim qilinishini tashkil qiladi. “Collective.uz” dasturiy taʼminotiga kiritilgan topshiriqlar ijrosini tashkil qiladi; Funksional vazifalarga muvofiq tegishli takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi hamda funksional vazifalarga muvofiq topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi; Materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida boʻlim rahbariga axborot beradi; Ijro intizomi nazorati boʻlimi toʻgʻrisidagi Nizomga va viloyat hokimining qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Boʻlim rahbarining tegishli topshiriqlarini amalga oshiradi. Boʻlim yetakchi mutaxassisi boʻlmagan paytda uning vazifasini bajaradi. Download 412.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling