Hujjat matni 537266-(551546)
Download 412.36 Kb. Pdf ko'rish
|
funkcional-vazifalar-2022-j
g) majburiyatlari:
oʻziga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi; boʻlim vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan viloyat hokimligiga kiritiladigan takliflar va hujjatlar sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishining tashkil etilishi, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi, shuningdek asoslangan xulosalar tayyorlanishi; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritiladigan boʻlim faoliyatiga tegishli hujjatlar va takliflar loyihalarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish sifati, shuningdek kiritilgan loyihalar va qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishi; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6166-sonli Farmoni hamda 2021-yil 31-maydagi “ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5132-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ–2881-son qarorlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi taʼminlanishi; Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, shuningdek viloyat hokimi topshiriqlarining davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi holatining ish rejasi asosida oʻz vaqtida oʻrganilishi uchun javob beradi. Download 412.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling