Hujjat matni 537266-(551546)
Biriktirilgan shahar va tumanlar
Download 412.36 Kb. Pdf ko'rish
|
funkcional-vazifalar-2022-j
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quyidagi viloyat boshqarma va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va hamkorlikda ish olib boradi
- Viloyat hokimining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi
Biriktirilgan shahar va tumanlar:
Zangiota, Toshkent, Qibray, Yuqorichirchiq, Parkent, Boʻstonliq tumanlari va Chirchiq shahar hokimliklari hamda viloyat boshqarma va idoralari bilan birgalikda ish olib boradi va guruhning vakolati doirasida ularning faoliyatini muvofiqlashtirishda qatnashadi. Quyidagi viloyat boshqarma va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va hamkorlikda ish olib boradi: Viloyat hokimligi Qishloq va suv xoʻjaligi masalalari, jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha kotibiyati, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha kotibiyati majmuasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning faoliyatini tahlil qiladi, ularning muammolarini yechimi yuzasidan takliflar tayyorlaydi va Guruh rahbariga axborot beradi. Viloyat hokimining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari e-qaror.gov.uz 11.04.2022 25 Maslahatchining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: davlat boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari (keyingi oʻrinlarda davlat organlari va xoʻjalik birlashmalari deb ataladi), shuningdek, ularning tizimidagi tashkilot va muassasalarda maʼnaviy-maʼrifiy sohaga va davlat tiliga oid qonun hujjatlari hamda dasturlar va “yoʻl xaritalari”ning ijrosini tashkil etish; maʼnaviy-maʼrifiy sohaga va davlat tiliga oid qonun hujjatlariga soʻzsiz rioya etilishini, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish borasidagi ishlarni tanqidiy oʻrganish, bu borada aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan chora- tadbirlarni amalga oshirish; davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash boʻyicha jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishida ishtirok etish; maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda davlat tilini rivojlantirishga oid qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish jarayonida faol ishtirok etish; davlat organlari va xoʻjalik birlashmalarida, shuningdek, ularning tizimidagi tashkilot va muassasalarda xodimlarga davlat tilini chuqur oʻrganishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda davlat tilini keng targʻib qilish va rivojlantirishga, shu jumladan, “Oʻzbek tili bayrami kuni”ni nishonlash boʻyicha madaniy-maʼrifiy va boshqa tadbirlarni tashkil etish; geografik va boshqa toponimik obyektlar, madaniy meros obyektlariga qonun hujjatlariga muvofiq nom berilishi borasidagi faoliyatni monitoring qilish va bu borada aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritish; hududlardagi barcha tashqi yozuvlar, shu jumladan lavhalar, eʼlonlar, reklama va koʻrgazmali boshqa axborot matnlari, tashqi reklama materiallarining davlat tili va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq boʻlishini taʼminlashda ishtirok etish; davlat organlari va xoʻjalik birlashmalarida davlat tilini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash, ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni isteʼmolga kiritish, zamonaviy atamalarning oʻzbekona muqobillarini yaratish boʻyicha takliflar kiritish. Maslahatchi oʻz zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi huquklarga ega: davlat organlari va xoʻjalik birlashmalari hamda ularning tizimidagi tashkilot va muassasalarda davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish; davlat organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari huzurida maʼnaviy-maʼrifiy sohani va davlat tilini rivojlantirish masalalarini koʻrib chiqish hamda qarorlar qabul qilishda ishtirok etish; davlat organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlarining maʼnaviy- maʼrifiy sohani va davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan buyruq, qaror va koʻrsatmalari ijrosini nazorat qilish; davlat organlari va xoʻjalik birlashmalarida maʼnaviy-maʼrifiy sohani va davlat tilini rivojlantirishga oid ishlarni samarali tashkil qilish maqsadida vaqtinchalik ekspert guruhlarini tuzish; davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ijrosini taʼminlash boʻyicha vujudga kelgan holatlar yuzasidan Departamentga maʼlumotnoma va takliflar kiritish; davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish jarayonida ishtirok etish; davlat organlari va xoʻjalik birlashmalari muassisligida taʼsis etilgan ommaviy axborot vositalari, ularning Internet jahon axborot tarmogʻidagi veb-saytlari hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini muntazam kuzatib borish, davlat tili qoidalarining buzilishi holatlari aniqlanganda, ularni bartaraf etish choralarini koʻrish; davlat boshqaruvi, zamonaviy va innovatsion texnologiyalar, sanoat, bank-moliya tizimi, huquqshunoslik, diplomatiya, harbiy ish, tibbiyot va boshqa sohalarga oid xalqaro soʻz va atamalarning davlat tilidagi muqobili boʻyicha Departamentga takliflar kiritish; taʼlimning barcha bosqichlarida davlat tilini zamonaviy va innovatsion texnologiyalar asosida mukammal oʻrgatish jarayonini tashkil etish yuzasidan Departamentga, manfaatdor vazirlik va idoralarga takliflar kiritish; oʻzbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish boʻyicha konsepsiya va davlat dasturlari loyihalarini tayyorlashda ishtirok etish. Maslahatchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. Maslahatchi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya etishga majburdir. Maslahatchi oʻz faoliyatida Departament, tegishli davlat organi va xoʻjalik birlashmasi rahbari oldida hisobdordir. Maslahatchi har chorakda Departamentga amalga oshirilgan ishlari yuzasidan Departament mudiri tomonidan tasdiqlangan shaklda yozma hisobot takdim etib boradi. Bunda tuman (shahar) hokimlari maslahatchilarining yozma hisobotlari Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining maslahatchilari tomonidan umumlashtirilgan holda takdim etiladi. Maslahatchining hisobotlari tegishli (tegishli) davlat organi va xoʻjalik birlashmasining yigʻilishlarida muntazam eshitib boriladi va natijasi boʻyicha tegishli choralar koʻriladi. Departament oʻzining ish rejasiga muvofiq, davlat organlari va xoʻjalik birlashmalarining davlat tilini rivojlantirish hamda davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni tashkil qilish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish jarayonida maslahatchining faoliyatini oʻrganib boradi. Maslahatchi faoliyatini oʻrganish natijalari boʻyicha Departament mudiri tegishli davlat organi va xoʻjalik birlashmasi rahbari nomiga maslahatchini ragʻbatlantirish yoxud egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan javobgarlik choralarini koʻrish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritishga haqli. Download 412.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling