Hujjat matni 537266-(551546)


III. Axborot xizmatining huquqlari va javobgarligi


Download 412.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet83/92
Sana28.12.2022
Hajmi412.36 Kb.
#1012420
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   92
Bog'liq
funkcional-vazifalar-2022-j

III. Axborot xizmatining huquqlari va javobgarligi
7. Xizmat oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Xizmatning vazifalari va funksiyalarini bajarish uchun zarur boʻlgan axborotni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organining boshqa boʻlinmalaridan, idoraviy mansub tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrab olish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organining yigʻilishlarida, majlislarida va boshqa tadbirlarida qatnashish;
qoʻyilgan vazifalarni bajarish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organining rahbari bilan kelishgan holda idoraning boshqa boʻlinmalari xodimlarini jalb etish, shuningdek, boshqa tashkilotlarning mutaxassislari va malakali ekspertlarini, shu jumladan,
shartnoma asosida jalb etish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlarining axborot xizmatlari bilan belgilangan tartibda oʻzaro hamkorlik qilish;
rahbariyatning topshirigʻiga koʻra, davlat organlarida respublika va xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan tadbirlarda Xizmat vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi nomidan vakillik qilish;
oʻz vakolatlari doirasida bosma nashrlarni nashr etish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organining axborot siyosatini takomillashtirishga doir takliflarni, Xizmat faoliyati masalalari boʻyicha normativ hujjatlar loyihalarini rahbariyatning koʻrib chiqishi uchun kiritish.
8. Xizmat:
oʻziga yuklangan vazifalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi faoliyatining milliy va xorijiy OAVda xolisona, sifatli va tezkor yoritilishini taʼminlash uchun javob beradi.
VI. Axborot xizmati faoliyatini tashkil etish
9. Xizmat xodimlari soni u amalga oshiradigan vazifalarning murakkabligi va hajmiga koʻra, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi rahbari tomonidan xodimlarning tasdiqlangan umumiy soni doirasida belgilanadi.
10. Xizmat faoliyati davlat va xoʻjalik boshqaruvi organining rahbari tomonidan tasdiqlanadigan ish rejasi asosida tashkil etiladi.
1Xizmatga davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan rahbar boshchilik qiladi.
1Xizmat rahbari bevosita davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi rahbariga boʻysunadi va ayni vaqtda uning matbuot kotibi hisoblanadi.
1Xizmat rahbari:
Xizmat faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda Xizmatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Xizmat faoliyatini tashkil etadi, rejalashtiradi va nazorat qiladi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organining boshqa boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshiradi;
Xizmatda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishni taʼminlaydi, xodimlar oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Xizmat xodimlarining malakasini va kasbiy saviyasini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
1Xizmat xodimlari Xizmat rahbarining taqdimnomasiga koʻra, belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
1Xizmat faoliyatini axborot, huquqiy, moddiy-texnik va transport bilan taʼminlash, shuningdek, uning xodimlariga ijtimoiy-maishiy xizmat koʻrsatish davlat va xoʻjalik boshqaruvi organining tarkibiy boʻlinmalari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Download 412.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling