Hujjat matni 537266-(551546)
Biriktirilgan shahar va tumanlar
Download 412.36 Kb. Pdf ko'rish
|
funkcional-vazifalar-2022-j
- Bu sahifa navigatsiya:
- Doimiy komissiya va Kengashlarga aʼzolik
Biriktirilgan shahar va tumanlar:
Barcha shahar va tumanlar bilan hamkorlikda ishlaydi. Quyidagi viloyat boshqarma va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va hamkorlikda ish olib boradi: Barcha viloyat boshqarma va tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlaydi. Doimiy komissiya va Kengashlarga aʼzolik: Yoʻq Toshkent viloyati hokimligi Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari boʻyicha guruhi rahbari vazifasini bajaruvchi e-qaror.gov.uz 11.04.2022 26 Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari Viloyat hokimligining Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq viloyat hokimligiga yuklatilgan harbiy safarbarlik tayyorgarlik masalalari, favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ular sodir boʻlganda oqibatlarini bartaraf etish ishlarini amalga oshirish, fuqarolarning qonunda belgilangan tartibda muddatli harbiy va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtashga jalb etilishini taʼminlash hamda jamoat tartibiga rioya etishni, fuqarolar xavfsizligini, ularning huquqlari va erkinliklari va sogʻligʻini muhofaza qilishni, huquqbuzarliklarning oldini olish, pasport-viza rejimiga rioya qilish, huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish masalalarida huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini qonunchilikda belgilangan vakolatlar doirasida muvofiqlashtirish, qonunchilikni mustahkamlash yuzasidan qabul qilinayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, shuningdek, mazkur soha boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi Qonunlarida belgilangan vazifalarni bajarilishini tashkil etish masalalari bilan shugʻullanadi. Guruh bevosita viloyat hokimining rahbarligi ostida faoliyat koʻrsatadi. Yuqoridagi ishlarni tezkor va muntazam ravishda bajarish maqsadida guruh xodimlari oʻrtasida quyidagi ish taqsimoti belgilanadi: Huquqni muhofaza qilish organlar tizimida; Guruh faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi. Qonun hujjatlariga muvofiq huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar boʻyicha mahalliy hokimliklarga yuklangan vazifalarning amalga oshirilishini taʼminlaydi. Guruhda ish yuritilishini tashkil etadi, ish rejasini tuzadi va unda belgilangan tadbirlarning bajarilishini nazorat qiladi. jamoat tartibiga rioya etishni, fuqarolar xavfsizligini, ularning huquqlari va erkinliklari va sogʻligʻini muhofaza qilishni, huquqbuzarliklarning oldini olishni taʼminlash, pasport-viza rejimiga rioya qilish, huquqbuzarliklarni sod ir etgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish masalalarida huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini qonunchilikda belgilangan vakolatlar doirasida muvofiqlashtiradi; huquqbuzarliklar va jinoyatlar sodir etgan shaxslar bilan ishlash masalalarida huquqni muhofaza qilish va davlatning boshqa organlari va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik qilishni taʼminlaydi; huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha davlat dasturlari tayyorlanishi va amalga oshirilishini taʼminlaydi; huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha hududiy dasturlar ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va amalga oshirilishini taʼminlaydi; huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning holatini tahlil qilish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va jinoyatchilikni qisqartirish shakllari va usullarini, shuningdek chora-tadbirlarini ishlab chiqish ishlarini tashkil etadi; jinoyatchilik, terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashishga jamoatchilikni keng jalb etish ishlarini tashkil qilish yoʻli bilan qonun ustuvorligini taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi; Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa ekstremal holatlarda tegishli organlarning ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi; Namangan shahar va tumanlarda harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari boʻyicha amaldagi Qonun, Farmon, qaror va farmoyishlar ijrosini tegishli mutaxassislar ishtirokida oʻrganib borilishini tashkil qiladi. Toshqin suvlari, sel oqimlari va koʻchki hodisalarini xavf-hatarsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash boʻyicha viloyat toshqinga qarshi komissiyasining aʼzosi sifatida ishtirok etadi. Xalq deputatlari viloyat Kengashining sessiyalari, viloyat faollari yigʻilishlari va viloyat hokimi huzuridagi yigʻilishlarda masala mohiyatiga qarab shaxsan ishtirok etadi. Viloyat hokimi tomonidan oʻtkaziladigan huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari boʻyicha yigʻilishlarni tashkil qiladi, topshiriqlarni umumlashtiradi, ularning bajarilishini nazorat qiladi, bajarilishi va natijalari toʻgʻrisida viloyat hokimini belgilangan muddatlarda xabardor qiladi. Fuqaro muhofazasi davlat quyi tizimlarining xizmatlari va evakuatsiya komissiyasi oʻrtasidagi hamkorlikni muvofiqlashtirib boradi. Favqulodda vaziyatlar va harbiy safarbarlikka oid hujjatlarning ijrosi ustidan nazorat olib boradi. Harbiy safarbarlik va fuqaro muhofazasi boʻyicha hisobot va axborotlarni tegishli idoralariga taqdim etib boradi. “Navroʻz”, “Mustaqillik” va “Yangi yil” bayramlarini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va tadbirlarni oʻtkazish davrida jamoat tartibini saqlash, oʻta ogʻir jinoyatlar, terroristik aktlar, qoʻporuvchilik harakatlari, ommaviy tartibsizliklar sodir etilishini oldini olish yuzasidan tegishli hujjatlarni ishlab chiqadi, Shtab yigʻilishlarini tashkil etadi va qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan nazorat olib boradi. Ish faoliyati davomida guruhda maxfiylik qoidalariga rioya etilishini nazorat qilib boradi, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari tomonidan berilgan ariza va shikoyatlarni tekshirilishini tashkil etadi. Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi toʻgʻrisidagi Nizomga va viloyat hokimining qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Guruhning bosh mutaxassisi mehnat taʼtilida yoki xizmat safarida boʻlgan vaqtda uning vazifasini bajaradi. Download 412.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling