Hujjat matni 537266-(551546)
Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari
Download 412.36 Kb. Pdf ko'rish
|
funkcional-vazifalar-2022-j
Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari
“Oʻta muhim va toifalangan obyektlar xavfsizligini taʼminlashni tashkil etilishini nazorat qilish boʻyicha viloyat idoralararo komissiyasi”ning kotibi hisoblanadi. Ushbu komissiyaning ish faoliyatini tashkillashtiradi va qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan nazorat olib boradi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining koʻrsatmalari va yigʻilish qarorlari talablarini tegishli idoralar, toifalangan obyektlar rahbarlariga yetkazish, shuningdek, obyektlar xavfsizligini taʼminlash ahvolini oʻrganib aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etilishini hamda belgilangan vazifalarni muddatida sifatli ijro etilishini taʼminlaydi. Viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi bilan hamkorlikda hokimliklar va ularga qarashli quyi tashkilotlarda ishlayotgan xodimlarni harbiy hisobga olish va bronlashtirish ishlarini tashkil etilishini nazorat qilib boradi. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun “Alohida davr”da ajratiladigan transport vositalarining limitlari va ishchi kuchi miqdorini aniqlaydi va nazorat qiladi. Davlat strategik va safarbarlik zahiralarini shakllantirishni, shu jumladan ularni toʻplash, saqlash va yangilab borishni, shuningdek davlat strategik va safarbarlik zahiralaridan belgilangan tartibda tezkorlik bilan foydalanishga doimiy tayyor boʻlishni taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirib boradi. Harbiy-maʼmuriy sektori faoliyatini tashkil etish boʻyicha amaliy harakatlar Strategiyasi (“Yoʻl xaritasi”)da mahalliy aholi, ayniqsa yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy qism komandirlari va muassasa boshliqlariga ularning kundalik faoliyatini samarali tashkil etishda koʻmaklashish, harbiy xizmatchilar ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, shuningdek, harbiy shaharcha va poligonlarning infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha belgilangan tadbirlarni muddatida sifatli ijro etilishini taʼminlaydi. Viloyat hokimligi huzuridagi maxsus baza ishini muvofiqlashtirib boradi. Guruh rahbari mehnat taʼtilida yoki xizmat safarida boʻlganda uning vazifasini bajaradi. Viloyat hokimligida maxfiy ish yuritishga oid vazifalarni bajaradi shahar va tumanlar hokimliklarida rejimli-mahfiy organi xodimlariga amaliy va uslubiy yordam koʻrsatib boradi. Maxfiylik rejimini va davlat sirlari hisoblanadigan hujjatlarini himoya qilishni taʼminlaydi. Download 412.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling