Hujjat matni 537266-(551546)


Biriktirilgan shahar va tumanlar


Download 412.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet90/92
Sana28.12.2022
Hajmi412.36 Kb.
#1012420
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Bog'liq
funkcional-vazifalar-2022-j

Biriktirilgan shahar va tumanlar:
Masala yuzasidan tegishligi boʻyicha shahar va tuman hokimliklari bilan ishni tashkillashtiradi.
Quyidagi viloyat boshqarma va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va hamkorlikda ish olib boradi:
- viloyat prokuraturasi;
- Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmasi;
- viloyat ichki ishlar bosh boshqarmasi;
- viloyat adliya boshqarmasi;
- “Yuksalish” umummilliy harakati viloyat boʻlinmasi.
Doimiy komissiya
yoʻq
Viloyat hokimligi Ishlar boshqarmasi ish boshqaruvchisi
Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari
Toshkent viloyati hokimligi Ishlar boshqarmasining vazifalari hisoblanadi:
boshqarma apparati faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlash, ahborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etish yoʻli bilan ishlar sifatini yaxshilashni amalga oshiradi;
boshqa tarkibiy boʻlinmalar bilan birgalikda halq deputatlari Kengash sessiyalariga va boshqa yigʻilishlarga texnik xizmat koʻrsatishni tashkil qiladi;
hokimlikning faoliyatini moliyaviy-xoʻjalik va moddiy-texnik taʼminlashni tashkil qiladi, hokimlik xodimlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish tadbirlarini amalga oshiradi, moliya intizomiga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Ishlar boshqarmasi toʻgʻrisidagi Nizomga va hokimning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Boshqarmaning umumiy faoliyatiga rahbarlik qiladi va quyidigi ishlarni amalga oshiradi:
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va Oliy Majlis Qonunchilik palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlarining, Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi qarorlarining, Toshkent viloyati hokimining Kotibiyatga tegishli
qaror, farmoyish va topshiriqlarining ijrosini tashkil etadi va nazorat qiladi;
Boshqarmaga yuklangan vazifalarni bajarish boʻyicha Toshkent viloyati hokimligi ishlarini tashkil etadi va ishlarni muvofiqlashtiradi;
Boshqarmaga yuklangan vazifalarni bajarishda boshqarma xodimlariga ishlarni taqsimlaydi va bevosita ijrosini nazorat qiladi;
boshqarma apparati faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlash, ahborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etish yoʻli bilan ishlar sifatini yaxshilashni amalga oshiradi;
hokimlikning faoliyatini moliyaviy-xoʻjalik va moddiy –texnik taʼminlashni tashkil qiladi, hokimlik xodimlari uchun zarur shart – sharoitlarni yaratish tadbirlarini amalga oshiradi, moliya intizomiga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Ishlar boshqaruvining barcha faoliyatiga rahbarlik qiladi. Ishlar boshqaruvi tarkibida ishlayotgan xodimlar oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi va ular ishiga rahbarlikni, ish faoliyatida xodimlarning malakasini oshirishni, tegishli xizmat intizomini taʼminlaydi.
Viloyati hokimligi faoliyat koʻrsatish uchun oʻz vaqtida moliyaviy va moddiy zahiralarni yetkazib berishni taʼminlaydi.
Toshkent viloyati hokimligida oʻtkaziladigan Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi sessiyalari, majlislari va faollar yigʻilishiga doir moliya-xoʻjalik masalalarini hal qiladi.
Toshkent viloyati hokimligi faoliyatining ichki tartib-intizomi Yoʻriqnomasini ishlab chiqadi va moliya xoʻjalik masalalariga hamda texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni ishga qabul qilish va ishdan boʻshatishga doir buyruqlar chiqaradi.
Toshkent viloyati hokimiyatining kompyuterlashtirish, texnika vositalari va jihozlarini takomillashtirishga doir ishlarni oʻz vaqtida amalga oshiradi va javob beradi.
Toshkent viloyati hokimligi boshqaruv apparati xodimlari va xizmatchilarining ishlash sharoitini yaxshilaydi va zarur boʻlgan xoʻjalik mollari bilan taʼminlashini nazorat qiladi.
Viloyat hokimi oʻrinbosarlari, majmua va guruh rahbarlari murojaatiga asosan tashkiliy-texnikaviy, xoʻjalik masalalarini oʻzaro hamkorlikda hal etilishini tashkil qiladi.
Belgilangan qoidalarga asosan Toshkent viloyati hokimligi ishlar boshqarmasi tasaruffidagi binolar, inshootlarning, muhandislik kommunikatsiyalari va asbob uskunalarining yaxshi ishlashini taʼminlash boʻyicha takliflar kiritadi.
Toshkent viloyati hokimligi ishlar boshqarmasi tasaruffidagi binolarni doimiy va butkul taʼmirlash boʻyicha rejalar ishlab chiqadi.
Toshkent viloyati hokimligi avtosaroyidagi avtomashinalarni ishlatilishini, yonilgʻi moylash va butlovchi qisimlar bilan uzluksiz taʼminlaydi. Avtomashinalardan foydalanish samaradorligini oshirishda takliflarni kiritadi.
oʻz vakolati doirasida Oʻzbekiston Respublikasi hukumat organlarida Toshkent viloyati hokimiyati nomidan vakillik qiladi.
Toshkent viloyati hokimining topshiriqlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Download 412.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling