Hujjat matni 537266-(551546)


Biriktirilgan shahar va tumanlar


Download 412.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/92
Sana28.12.2022
Hajmi412.36 Kb.
#1012420
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   92
Bog'liq
funkcional-vazifalar-2022-j

Biriktirilgan shahar va tumanlar:
1. Chirchiq shahri
2 .Boʻstonliq tumani
3. Qibray tumani
4. Parkent tumani
5. Yuqori Chirchiq tumani
Quyidagi viloyat boshqarma va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va hamkorlikda ish olib boradi:
- “Oʻzneftgaz inspeksiya” davlat inspeksiyasining viloyat boʻlimi;
- “Sanoatkontexnazorat” viloyat boʻlimi;
- “Energonazorat” viloyat boʻlimi;
- “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik jamiyati “Paxta” neftmahsulotlari bazasi unitar korxonasi;
- “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi “Kuchluk” neftmahsulotlari bazasi unitar korxonasi;
- Viloyat avtomobil yoʻllari hududiy bosh boshqarmasi;
- Viloyat davlat ekspertiza boshqarmasi;
- Viloyat “Avtomotoxavaskorlar” jamiyati;
- “Toshviltrans” xududiy uyushmasi;
Doimiy komissiya va Kengashlarga aʼzolik:
Toshkent viloyati hokimligi qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha kotibiyati yetakchi mutahassisi
Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari
Yetakchi mutaxassis
26. Yetakchi mutaxassis Toshkent viloyati hokimining kapital qurilish va kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari va Kotibiyat mudirining koʻrsatmasi va topshiriqlariga asosan ishni tashkil etadi va quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi hamda topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular boʻyicha tahliliy materiallarni va takliflarini tayyorlaydi, shuningdek ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
zarur tarzda kelishilishini taʼminlaydi;
materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Kotibiyat mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Toshkent viloyati hokimining kapital qurilish va kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosariga axborot beradi;
qabul qilingan xujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, biriktirilgan sohalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi va viloyat hokimining
hujjatlari bajarilishini tahlil qiladi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi;
viloyat hokimi va Toshkent viloyati hokimining kapital qurilish va kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan oʻtkaziladigan majlislarga, shu jumladan har haftalik apparat yigʻilishlariga va oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha hamda har
xil komissiyalar majlislariga materiallar tayyoralaydi va belgilangan tartibda ishtirok etadi;
muhandislik va yoʻl-transport infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
transport xizmati koʻrsatishni yaxshilash;
Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan kotibiyat mudiriga takliflar va axborot beradi, kotibiyatga tegishli boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasi va viloyat hokimining qaror farmoyishlarini bajarilishini joylarga chiqib
oʻrganadi.
Faollar yigʻilishiga tegishli taxliliy maʼlumotlar tayyorlaydi.
Viloyatda chop etiladigan roʻznomalardagi materiallar bilan doimiy tanishib boradi va zarur boʻlganda chop etilgan materiallar yuzasidan takliflar kiritadi.
jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan, ariza, shikoyat va takliflarni koʻrib chiqadi, ularni oʻz vaqtida, toʻgʻri va qonuniy hal qiladi, bu borada bosh mutaxassis bilan hamkorlik qiladi, natijasi haqida Kotibiyat mudiriga axborot beradi.
Kotibiyatning ish rejasida belgilangan tadbirlani ijrosini taʼminlash yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Kotibiyat faoliyatiga aloqador boʻlgan tashkilotlarni faoliyatini tahlil qiladi, ularning muammolarini yechimi yuzasidan takliflar tayyorlaydi va Kotibiyat mudiriga axborot beradi;
Kotibiyat faoliyatiga doir qaror, farmoyish va boshqa hujjatlarni tayyorlaydi;
Kotibiyat faoliyatiga doir tegishli topshiriqlarini ijrochilarga yetkazilishini hamda Kotibiyat faoliyatiga oid masalalar boʻyicha tegishli idoralar bilan aloqani taʼminlaydi;
Toshkent viloyati hokimining kapital qurilish va kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari va Kotibiyat mudirining topshiriqlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
27. Kotibiyat bosh mutaxassisi yoʻqligida Kotibiyat ishini tashkil etadi va vaqtincha bosh mutaxassis vazifasini bajaradi.
28. Toshkent viloyati hokimining hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Download 412.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling