Hujjat matni 537266-(551546)


Biriktirilgan shahar va tumanlar


Download 412.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/92
Sana28.12.2022
Hajmi412.36 Kb.
#1012420
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   92
Bog'liq
funkcional-vazifalar-2022-j

Biriktirilgan shahar va tumanlar:
1. Bekobod shahri
2. Bekobod tumani
3. Boʻka tumani
4. Quyi Chirchiq tumani
5. Oqqoʻrgʻon tumani
6. Piskent tumani
Quyidagi viloyat boshqarma va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va hamkorlikda ish olib boradi:
- “Toshkent ikkilamchi qora metall” MCHJ tashkiloti;
- Toshkent mintaqaviy temir yoʻl uzeli;
- Viloyat maxsus ekpluatatsiya-montaj boʻlinmasi;
- Oʻzbekiston transport agentligi viloyat boshqarmasi;
- “Avtomagistral” ixtisoslashtirilgan avtomobil yoʻllarini qurish taʼmirlash birlashmasi unitar korxonasi;
- Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish qoʻmitasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi;
- Viloyat “Kompyuterlashtirish markazi” DUK;
Doimiy komissiya va Kengashlarga aʼzolik:
Viloyat hokimligi Yer uchastkalari olib qoʻyilishi va kompensatsiya berish ishlarini muvofiqlashtirish Shoʻbasi mudiri
Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari
22. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqlari kafolatlarini taʼminlash hamda yer uchastkalarini olib qoʻyish va kompensatsiya berish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar
toʻgʻrisida”gi 2019-yil 16-noyabrdagi 911-sonli qaroriga asosan ishlarni tashkil etadi. 
23. Toshkent viloyati hokimining kapital qurilish va kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari topshiriqlariga asosan ishni tashkil etadi va quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi hamda topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular boʻyicha tahliliy materiallarni tayyorlaydi, shuningdek ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zarur tarzda
kelishilishini taʼminlaydi;
materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Toshkent viloyati hokimining kapital qurilish va kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosariga axborot beradi;
qabul qilingan xujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, biriktirilgan sohalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi va viloyat hokimning
hujjatlari bajarilishini tahlil qiladi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi;
viloyat hokimi va viloyat hokimining kapital qurilish va kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan oʻtkaziladigan majlislarga, shu jumladan har haftalik apparat yigʻilishlariga va oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha tegishli komissiyalar
majlislariga zarur materiallar tayyorlaydi va belgilangan tartibda ishtirok etadi;
jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan ariza, shikoyat va takliflarni oʻz vaqtida, toʻgʻri va qonuniy hal qiladi;
tegishli topshiriqlarini ijrochilarga yetkazilishini hamda Kotibiyat faoliyatiga oid masalalar boʻyicha tegishli idora va viloyat hokimligining tarkibiy boʻlinmalari bilan aloqani taʼminlaydi;
Toshkent viloyati hokimining kapital qurilish va kommunikatsiya masalalari boʻyicha oʻrinbosarining topshiriqlarini oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishini haqida tegishli tartibda muntazam axborot berib boradi;
tuman va shahar hokimliklari tomonidan Toshkent viloyati hokimining kapital qurilish va kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari topshiriqlarini oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishini haqida tegishli tartibda muntazam axborot berib boradi;
Kotibiyatga kelayotgan va chiqib ketayotgan hujjatlar hisobotini yuritadi;
Kotibiyatda viloyat hokimligining xatlari, qaror, farmoyish blankalarini yuritilishini taʼminlaydi;
Ish yuritishdan tugallangan hujjatlarni qabul qilish, hisobga olish va saqlashni amalga oshiradi hamda hujjatlarni rasmiy tartibda Toshkent viloyati hokimligi arxiv boʻlimiga topshiradi;

Download 412.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling